Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Endi YeChL va Yevropa ligasida ham 4-futbolchi almashtirilishiga ruxsat beriladi

21 iyl 2018, 23:04
UEFA o'z bayrog'i ostida o'tadigan musobaqalar o'tkazish qoidalariga o'zgartirishlar kiritganini e'lon qildi. Agar o'yin qo'shimcha vaqtgacha yetib borsa, jamoalar to'rtinchi almashtirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu mavsum-2018/19dan boshlab YeChL,Yevropa ligasi, Yevropa Superkubogi, Millatlar kubogi va boshqa musobaqalarga tatbiq etiladi.

Ta'kidlanishicha, jamoa asosiy vaqtda uchtadan kam bo'lgan almashtirish qilgan bo'lsa, ekstra-taymda buni to'rttaga yetkazish huquqi saqlanib qoladi.

Avvalroq, FIFA to'rtinchi almashtirishga ruxsat bergan bo'lib, tarixda ilk marta JCh-2018 1/8 finalida Rossiya - Ispaniya o'yinida qo'llanildi: 97-daqiqada rossiyalik Aleksandr Eroxin Daler Kuzyaevning o'rniga tushgan edi.

Eslatib o'tamiz, Yechl 2018/19 mavsumida "Liverpul" klubi ham ishtirok etadi.
Teglar : UEFA | |
Manba : std.uz
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 216 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 56
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 52

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog