Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Matip va Lallana ertangi bahsda maydonga tushmaydi

22 iyl 2018, 09:46
Ertaga "Liverpul" mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Bunda raqib quyi divizion vakili "Chester" jamoasi bo‘ladi.

Yurgen Klopp o‘yindan oldin jamoadagi vaziyat haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Joel Matip va Adam Lallana hali hamon to‘liq da’vo topishmagan.

"Joel uchun hali juda erta. U shug‘ullanyapti, hamma vazifani bajarmasada, lekin berilgan topshiriqni uddalashga intilyapti. Ayni damda Joel futbol o‘ynamayapti, biroq keyingi haftada u to‘liq hajmdagi mashg‘ulotlarga jalb etiladi.

Hammasi shu. Virjil va Jini (Veynaldum) yakshanba kuni qaytadilar va mavsumoldi tayyorgarlikka qo‘shilishadi. Adam Lallana o‘ynamaydi. U kasal, biz uni kuzatib borishimiz lozim. Menimcha, shanba kuni u safarga otlanmaydi", -
deydi Klopp.

Ma’lumot uchun, "Chester" va "Liverpul" uchrashuvi 7-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Teglar : Yurgen Klopp | Joel Matip | Adam Lallana
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 623 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 40
» Foydalanuvchilar: 9
» Mexmonlar: 31

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog