Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Seltik"ning Uilson bo‘yicha taklifi rad etildi

21 iyl 2018, 10:12
Liverpool Echo xabariga ko‘ra, "Seltik" klubi tomonidan yuborilgan Harri Uilsonning ijarasi bo‘yicha taklifi "Liverpul" tomonidan rad etilgan.

Uelslik 21 yoshli yarim himoyachi, o‘tgan mavsum yarmida Chempionship vakili "Hall Siti" safida mavsumni ajoyib o‘tkazib, yana "Enfild"ga qaytdi. U "yo‘lbarslar" tarkibida 13 o‘yin o‘tkazib, 7 marta gol urdi va 4 marta assistentlik qildi.

Yarim himoyachi mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini "Liverpul"da o'tkazadi. Shundan so'ng Yurgen Klopp u to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Liverpool Echo muxbiri Jeyms Pirs esa, futbolchi tomon yuborilgan birinchi rasmiy taklif rad etilganini bayon qildi. "Qizillar" shotland chempionlarining ko‘nglini xira qilishga ulgurgan.

"Seltik"ning rad javob olshiga asosiy sabablardan biri, ushbu klub yosh iqtidorlarni ijaraga olib, ularni yetarlicha o‘yin amaliyoti bilan ta’minlamaydilar. Bunga misol qilib, o‘tgan mavsum "Manchester Siti"dan Patrik Roberts va "Chelsi"dan Charli Musondaning ijaraga olinganini keltirish mumkin. Brendan Rodjers har ikki futbolchini ham asosan zahirada qoldirgan.

Liverpool Echo mana shuni qayd etgan holda, agar Uilson ijaraga ketadigan bo‘lsa, faqat ingliz klublari safiga va shunda ham kim unga to‘liq o‘yin amaliyotini kafolatlasa, o‘sha klub tarkibiga borib qo‘shilishni xabar qilgan.

Ayni damda "Hall Siti" Uilson uchun asosiy da’vogralardan biri hisoblanadi. Harrining xizmatlariga shuningdek, "Aston Villa", "Lids Yunayted", "Derbi Kaunti", "Stok Siti", "Midlsbro", "Norvich", "Preston", "KPR", "Reding", "Suonsi" va "Vest Bromvich" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Teglar : Harri Uilson | Seltik | Transferlar
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 513 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 29
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 23

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog