Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Emre Jan: "Liverpul"dan trofeylar yutish uchun ketdim

21 iyl 2018, 10:18
"Yuventus" yarimhimoyachisi Emre Jan nima uchun "Liverpul"dan ketganini ma'lum qildi. Jan o'tgan oy "Yuventus" safiga erkin agent sifatida borib qo'shilgandi va buning uning 14 mln. funt. bonusga ega chiqqandi. Bundan oldin bir necha oylar davomida Emrening "Liverpul" bilan yangi shartnomasi masalasida bir qancha muzokaralar olib borildi. Biroq, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Shundan keyin, bir qancha nashrlarda futbolchining Yurgen Klopp bilan kelishmovchilik tufayli ketyapti"- degan xabarlar chiqdi. Biroq, Emrening o'zi bularning barchasi mish-mish ekanligini, klubdan o'z xohishiga ko'ra ketganini ma'lum qildi:
-" Menda bir qancha jamoalardan yaxshi takliflar bor edi. Men "Yuventus"ga o'tishni xohladim, chunki bu loyiha juda katta. Ularda juda katta maqsadlar bor. Men bu loyihaning bir qismi bo'lishni xohladim".
*

"Men bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Men "Yuventus"ning qanday o'ynashini bilaman, o'tgan mavsum ular ishtirokidagi juda ko'plab o'yinlarni ko'rdim. Shuningdek, bu yerda mening kumirlarimdan biri Zidan ham to'p surgan".
"Men futbol o'ynashni boshlaganimda, mening birinchi murabbiyim "Yuventus" klubining ashaddiy muxlisi edi. Olti yoki yetti yosh paytimda u menga " sen ham kelajakda "Yuventus"da o'ynaysan degandi. Endi men shu yerdaman, bu ajoyib tarix".

" Klubning agentim bilan yaxshi aloqalari mavjud. Men bu katta klubning xarakterini bilaman - ular trofeylar yutishni xohlashadi.
Bu mening ham xarakterim. Men bu yerga trofeylar yutish keldim".
*

"O'ylashimcha, bizning birinchi navbatdagi maqsadimiz A Seriyani qo'lga kiritish, keyin Chempionlar Ligasi. Biz bunga harakat qilamiz. Men jamoaga yordam berish uchun shu yerdaman".
" Mening Klopp bilan muammolarim bo'lganmi?
Yo'q, menda u bilan hech qanday muammo bo'lmagan. Bizning aloqalarimiz juda yaxshi. U menga bu yerga kelishimdan oldin, katta zafarlar tilab qoldi. Men hech qachon Klopp bilan kelishmovchiliklarga bormaganman".
Teglar : Yuventus | Emre Jan |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 905 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 29
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 22

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog