Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Shakiri "Liverpul" chaqiruviga "labbay" deb javob bergan

19 iyl 2018, 12:27
Xabaringiz bor, bugun Shveysariya terma jamoasi vakili Jerdan Shakiri yangi klubi bo‘lmish, "Liverpul"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Liverpool Echo jurnalisti Jeyms Pirs ushbu transfer bilan bog‘liq ma’lumotlarni berishda davom etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Stok Siti"ning Chempionshipga tushib ketishi aniqlashgach bir qator klublar Jerdan borasida takliflar bilan chiqqan, biroq "Liverpul" tomonidan yuborilgan taklifdan so‘ng, futbolchining o‘zi hech ikkilanishsiz darhol "qizillar"ga "ha" degan.

Jeyms Pirs va Melissa Reddining axboroticha, Shakiri transferi bugun hal etiladi. Biroq futbolchi JChdagi ishtirok sabab iyul oyi oxirigacha ta’tilda bo‘ladi. U Amerikada bo‘ladigan Xalqaro Chempionlar kubogi o‘rtoqlik musobaqasida "Liverpul" uchun debyut qiladi.
Teglar : Jerdan Shakiri | Stok Siti | Transferlar
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1243 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 40
» Foydalanuvchilar: 10
» Mexmonlar: 30

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog