Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Shveysariya terma jamoasining rasmiy sahifasi Shakirining "Liverpul"ga o‘tganini e’lon qildi

16 iyl 2018, 22:32
Futbol bo‘yicha Shveysariya terma jamoasining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi "Stok Siti" futbolchisi Jerdan Shakirining "Liverpul"ga o‘tgani haqida e’lon qildi.

*


Bugun Shakiri Melvudda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy ko‘rik jarayoni yakunlangan va tez orada 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi "qizillar" futbolchisi sifatida tanishtiriladi.

Shuni qo‘shimcha qilish joizki, Jerdan yangi jamoasida 23 raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi. Bungacha mazkur raqam "Yuventus"ga o‘tib ketgan Emre Janga tegishli edi.
Teglar : Jerdan Shakiri | Shveysariya | Transferlar
Manba : Twitter
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 810 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 53
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 51

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog