Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Lion" prezidenti: "Liverpul" Fekirni sotib olishi mumkin"

18 iyl 2018, 10:20
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Ola klub yarim himoyachisi Nabil Fekirning transferi borasidagi savollarga javob berdi:

"Liverpul" klubi Fekirni sotib olishi mumkin. Menimcha, "Liverpul" yangi shartnoma taklif qiladi. Men matbuotda ba'zigi xabarlarni o'qidim. Lekin hech kim menga murojaat qilmadi. Uning transferi iyun oyida nihoyasiga yetishi kerak edi, ammo transfer amalga oshmadi. Chunki Nabil astoydil Jahon Chempionati uchun tayyorgarlikka kirishib ketti. Fekirning yuragi bizning klub uchun xosdir.

Endi yaqin orada "Lion" va "Liverpul" o'rtasida muzokaralar yana davom etishi mumkin. Balki u "Liverpul" yoki boshqa klubga ketar. Fekir bu yil "Lion"da qolsa, biz uchun katta yutuq bo'lardi"
- deydi Mishel Ola.

Bundan bir necha kun oldin "Lion"ning ichki muxbirlari Fekirning klubni tark etishi haqida xabar bergan edi. Lion shahri gazetalarida esa "Liverpul" Nabil uchun 60 million evro taklif qilmoqda. Muzokaralar yana davom ettirilib, shartnoma amalga oshiriladi" degan xabarlar tarqaldi.

24 yoshli Jahon Chempionati sovrindori tez orada "Liverpul" bilan shartnoma tuzishi mumkun.
Teglar : Jan-Mishel Ola | Lion | Nabil Fekir
Manba : Championat
Qo`shdi: Alone
Ko`rildi: 1159 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 45
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 41

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog