Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Qizillar" hikoyalari: Jerdan Shakiri

17 iyl 2018, 18:41
Bizning uyimiz issiq bo'lmagan, oddiy katta kamin bor edi. Bazeldagi eski fermada joylashgan uyimizdagi eski kamin edi bu. Men bu haqida o'ylamaganman ham. Men o'zimni aqldan ozgan kabi yugurib, issiq saqlardim. Kechalari esa doimo kamin yonida yotardim. Katta ekam esa, har doim sovuqdan nolirdi, chunki, uning xonasi tepada, kamindan uzoqda joylashgan edi. Qishda u 5 qavat ko'rpa yopinib uxlashga yotardi.

Men to'rt yashar paytimda Kosovoda urush boshlangach, ota-onam men va ikkita akamni olib, yashash uchun Shvetsariyaga yo'l oldik. Bu juda qiyinchilik damlar edi. Menig otam shvetsariya tilini bilmasdi, shuning uchun u restoranda idish yuvuvchi bo'lib ishladi, keyinchalik, o'ziga yo'l qurilishidan ish topdi. Onam esa shahardagi binolardan birida farrosh bo'lib ishlardi. ( Men unga "Vakuum"da yordam berardim, akam esa oynalarni tozalardi)

Shvetsariya hamma uchun qimmat shahar, lekin mening ota-onam uchun yanada qiyinroq edi, chunki ular Kosovoda qolgan oila a'zolarimizga topgan pullaridan yuborishga majbur edilar. Dastlabki yillari biz har yili ularni ko'rgani uchib borardik. Oyim har doim aytadi: "Sen samolyotda doimo yomon bola bo'lgansan. Har doim o'rningdan turishga harakat qilar, tinch o'tirmasding, xar hil xarhashalar qilarding va hech qachon jim o'tirmasding".

Urush boshlangach esa, u Kosovoga borishning iloji bo'lmay qoldi.
Otam esa, Kosovada qolgan yaqinlariga qo'lidan kelgancha yordam qilardi. Bizni oilamiz hech qachon ortiqcha xarajat qilmagan. Faqat bittasidan tashqari, mening tug'ilgan kunimga sovg'ani hisobga olmasa.

Ronaldo mening kumirim edi. Haqiqiy Ronaldo. Uning o'yinlari menga xuddi sehrgarlik kabi tuyulardi.
1998-yil JCh finalida, u jaroxat olgan, Braziliya esa Fransiya yutqazganda, men juda ko'p yig'laganman. Nimagaki, o'shanda Ronaldo uchun juda achingandim.
Men Jahon Chempionati tugagandan keyin 3 oy o'tib 7 yoshga to'ldim. Shu o'tgan 3 oy davomida har kuni oyimga shunday derdim:
-"Oyijon, tug'ilgan kunimga nima xohlashimni aytaymi? Bu- Ronaldoning sariq rangli futbolkasi. Iltimos, menga shunaqasini olib bering".
Tug'ilgan kunimda esa onam menga bitta quticha sovg'a qildi. Ichini ochib qaradim, ichida Ronaldoning sariq rangli futbolkasi edi. Quvonchdan ichimga sig'masdim. To'g'ri u haqiqiy emasdi, bu shunchaki, sariq futbolka edi, orqasiga esa yashil rang bilan "9" raqami tushirilgan edi. Onamda originali uchun pul bo'lmagani tushunarli albatta, biroq men bu haqda o'ylamasdim ham. Men uni biror marta yechmasdan 10 kun kiyib yurganman. Menda bu futbolkaga mos, sariq "kalta shim" ( шорти) ham bor edi.
" 9-raqamli Braziliyalik Ronaldo. U mening haqiqiy qahramonim edi.
*

Men maktabimizdagi deyarli yagona migrant edim. Menimcha, Shvetsariyalik bolalar, men nima uchun bunchalik futbolni yaxshi ko'rishimni tushunishmas edi. Shvetsariyada futbol bu- shunchaki sport turi. Boshqa joylardagi kabi, hayot emas. Eslayman, 4 yil o'tib Ronaldo "uchburchak" shaklida shoch turmagi bilan jahon chempioni bo'lgandi. Shundan keyin sartoroshga yugurib borganman va unga" Menga Ronaldoniki kabi turmak qilib bering" deganman.
Lekin, u paytda mening sochlarim, yorqin rangda edi, Ronaldoniki kabi turmak qilish esa, shunchaki aqlsizlik edi. Maktabga borganimda hamma bolalar menga qarardi: " Bu bolaga nima bo'ldi? U nima qilibdi?"
Menga esa baribir edi. O'zim uchun xursand edim.

Maktabim shaharning "yaxshi" ta'rafida edi. lekin uygacha bo'lgan 5 daqiqalik piyoda bosib o'tiladigan yo'l esa, shaharning yomon qismi edi. Aytish mumkinki, aynan o'sha yerda haqiqiy futbol o'ynashardi. Onam esa doim menga u yerga bormasligimni so'rardi. Biroq, men har safar maktabdan keyin o'sha joyga futbol o'ynagani borardim. Bilaman, odamlar Shvetsariyada hammasi yaxshi deb o'ylashadi, ammo bu joyda hammasi aqlga sig'mas darajada edi. Hamma jamoa xuddi Birlashgan Millatlar tashkilotiga o'xshardi. U yerda turklar, afrikaliklar, serblar, albanlar hamma hir millatga mansub bolalar bor edi. Bu oddiy futbol emasdi, hamma baqirgan, qichqirgan, kimlardir qo'shiq kuylagan. Tomoshabinlar, o'yinni kuzatishga kelgan qizlar hamma narsa bor edi xullas. Men janjal chiqarmasdim, faqat futbolimni o'ynardim. Tilim esa doim tishlarim orqasida edi, ya'ni ko'p gapirmasdim ham. Biroq, bu bog'da o'ynash menga katta yordam berdi. Men bu yerda hazillashib o'tirmaydigan katta bolalar bilan futbol o'ynagandim.
*


14 yoshlik paytimda "Bazel"ning yoshlar tarkibida o'ynab yurgan vaqtimda, bizda Praga o'tadigan "Nike" turnirida qatnashish imkoniyati paydo bo'ldi. Lekin, bitta muammo bor edi. Men bir necha kun maktabga bora olmasligim mumkin edi, men o'qituvchimdan ruxsat so'radim, biroq o'qituvchim "yo'q" dedi. Shvetsariyada o'qituvchilar maktabga juda jiddiy qarashadi.
Lekin, men o'sha turnirda qatnashishim kerak edi.
Onamga yalinib yolvorib, "Meni "gripp" yoki boshqa biror bir kasallikka yo'liqdi, maktabga borolmaydi" deb maktabga xat yozishga ko'ndirdim. Shunday qilib, Pragaga yo'l oldik. Men u yerda haqiqatdan juda yaxshi o'ynadim va birinchi marta boshqa o'lkalardan kelgan bolalarning menga qarab turganini his qildim. Ha bu bola Bazeldan kelgan. Bu o'sha.
Bu juda o'zgacha yoqimli tuyg'u edi.

Biz uyga qaytdik, dushanbada maktabga o'qishga chiqdim, o'zimni xuddi kasal bo'lib endi tuzalgan odamga o'xshashga harakat qilib bordim, tushunyapsizmi?
O'qituvchim meni ko'rib qolishi bilan: " Jerdan, bu yoqqa kel. Yur bilan".
U meni qo'limdan ushlab oldi va stol ustiga gazetani ko'rsatib : " O', sen kasal bo'lib qolganmiding, bu nimasi?".
Gazetaning bosh sahifasida men sovrin ushlagancha jimlayib turgan surat bor edi. Men shunchaki, unga qaradim va aybdor sifatida ikki qo'limni yuqoriga ko'tardim.
*

Shundan keyin futbol hayotimning asosiy ma'nosiga aylanib ketgandi. Lekin, o'sha paytlarda ham, pul oilamizning asosiy muammosi edi. Chunki, ikki akam ham men bilan birga Bazel akdemiyasiga qatnardi. Qachonki, biror bir turnir yoki shunga o'xshash musobaqalarda qatnashish kerak bo'lsa, ota onam 3 hissa to'lashiga to'g'ri kelardi. 16 yoshimda Bazel bilan Ispaniyaga yo'l olishimiz kerak edi. Buning uchun otam uchalamizga 700 shvetsariya franki to'lashi kerak edi. Yoki shunga yaqinroq.
Otam kechqurun yonimizga kelib o'tirdi va:
"Eshitinglar bolalarim, buning iloji yo'q. Biz bu pulni to'lay olmaymiz".

Keyin, biz akalarim bilan o'sha pulni to'lash uchun ishga chiqishga qaror qildik. Men bo'yoqchi bo'lib ishladim, shahardagi maysalarni qirqdim 3 hafta davomida qanday ish topilsa ishlayverdim. Chunki, pul topishim kerak edi. Akam esa nima ish qilganini bilmayman-u, lekin qanaqadir zavodda himoya ko'zoynaklari taqib ishlardi, xuddi boshqa ishchilar kabi. Qandaydir ma'noda biz pulni oxirgi lahzalarda to'plashga muvaffaq bo'ldim va biz endi Ispaniyaga yo'l olishimiz mumkin edi. Men o'sha lahzalarda Ispaniyaga borolmasligimizdan emas, jamoadoshlarim, pulni to'lay olmasligimizni bilib qolishidan qo'rqardim.
16-17 yoshli bolalar hayollaridan qanday tuyg'ular o'tishini o'zingiz yaxshi bilasiz, hamma sizni masxara qiladigandek, ustingizdan kulishi mumkindek tuyuladi.
Mashg'ulotlardan keyin barcha bolalar oshxonadan ovqatlar sotib olib ovqatlanishardi. Bizning bunga hech qachon pulimiz bo'lmagan. Bizga nima kerak bo'lsa, darrov uyga qaytardik. O'ylaymanki, bu menga saboq bo'lgan hozir ham birovni och qolishiga qarab tura olmayman. Chunki, men och holimga eng yaxshilar bilan o'ynashga majbur edim.
*

Taxminan bir yillardan keyin 17 yoshimda meni Bazelning birinchi jamoasiga o'tkazishdi. O'yin oxirida 20 daqiqa o'ynadim. O'ylashimcha, juda yaxshi uddalagandim. Keyingi kuni mashg'ulotga borganimda, bizning yoshlar murabbiyimiz:
" Jin ursin, bu nimasi? Sen nimani o'ylaganding?" deb so'radi.
Men esa:-" Nima haqida gapiryapsiz?"
U aytdi:" Men murabbiy bilan gaplashdim, sening qilayotgan ishing- driblinglaring, unga yoqmagan. Sen ikkinchi jamoaga qaytasan".
O'sha paytda men "Bazel"dagi faoliyatim tugadi deb o'ylagandim. Ikki haftadan keyin murabbiyni ishdan olindi, uning o'rniva yangi murabbiy keldi. U meni birinchi jamoaga chaqirdi va men u yerdan ikkinchi jamoaga boshqa qaytmadim. Men undan juda minnatdorman, chunki aynan u meni chap tarafga qo'ydi. Bilasizlarki, men hujum qilishni yoqtiraman, shuning uchun himoyachilar doim menga qichqirishardi : -" Sen orqaga qaytib o'ynashing kerak. Qayt himoyaga".
Kulguli, lekin nimayam qilardim, hujum qilishni juda sevardim. o'sha paytlarda barcha gazetalarda, mening Jahon Chempionati 2010 ga borishim mumkinligi haqida yozishardi. Nima deb o'ylashni ham bilmasdim. Bu xabarni ota onamga aytganimda, ular juda xursand bo'lishdi.

Bu juda tez sodir bo'ldi. Bir safar 16 yoshimda pul topish uchun bog'da ishlardim, endi esa Janubiy Amerikaga Jahon Chempionatida qatnashish uchun uchib ketyapman. Bu juda yoqimli va ajabtovur tuyg'u edi.
Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'ynaganimizni juda yaxshi eslayman. Iniesta oldimda turardi. Men doim televizorda havas ila kuzatadigan insonim, hozir oldimda turardi.
Biz mehmonxonaga bordik, o'sha paytda har bir xona oldida qurollangan askar turardi. Bizning shahsiy qo'riqchilarimiz. Men buni dunyodagi eng yaxshi narsa deb qabul qilgandim. Nimaga? Chunki, bir yil oldin ham tunlari bog'dan uyga qochib yuradigan bola edim. Endi mening shahsiy harbiy soqchim bormi?
Mening Jahon Chempionatidagi o'yinlarim ota onam uchun katta g'urur edi. Ular juda murakkab bo'lishiga qaramasdan, yaxshi yashash uchun Shvetsariyaga kelishgandi.

O'ylashimcha, odamlar meni noto'g'ri tushunishadi. Men o'zimni xuddi ikkita vatanim bordek his qilaman. Bu tabiiy. Shvetsariya mening oilamni qabul qildi, shu yerda katta bo'ldik, yashadik va bular uchun men Shvetsariya termasi uchun hamma narsamni berishga tayyorman. Biroq, Kosovoga borsam, meni boshqa tuyg'u - ona vatan tuyg'usi qamrab oladi. Bu qandaydir oddiy tuyg'u emas.
*

2012-yil Albaniyaga qarshi o'ynaganimizda, men butsalarimga Shvetsariya, Albaniya va Kosovoning bayroqlarini chizib olgandim. Shvetsariyadagi gazetalar bu haqida faqat manfiy, yoqimsiz xabarlar yozishdi. Buni aqlsizlik deb hisoblab, meni qattiq tanqid qilishdi. Biroq, insonlar shuni tushunishlarini xohlardimki, bu shunchaki mening shahsiyatim.
Shvetsariyadagi eng yaxshi narsa - u yerda urushdan qochib kelganlar, zulmdan qochib kelganlar, yaxshi hayot izlab kelganlarni hamma hammani yaxshi kutib olishidir.
Shvetsariyada ko'llar, tog'lar xullas shunga o'xshash narsalar. Lekin, Shvetsariyada men futbol o'ynagan bog' ham bor. U yerda men turklar, serblar, albanlar, afrikalilar bilan futbol o'ynaganman. Nemis qizlar bilan rep qo'shiqlar kuylaganman. Shvetsariya hamma uchun.
Men Jahon Chempionatida o'ynasam, butsalarimda Shvetsariya va Kosovo bayroqlari bo'ladi. Bu hech qanday siyosiy ahamiyatga ega emas. Bu shunchaki mening hayotim tarixini ifodalaydi.
Xavotir olmanglar, Shvetsariya bayrog'i mening chap oyog'imda bo'ladi.

Internet ma'lumotlari asosida Sardor Ollamberganov tayyorladi.
Teglar : Jerdan Shakiri | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 809 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 41
» Foydalanuvchilar: 14
» Mexmonlar: 27

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog