Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Uilson "Derbi Kaunti"ga ijaraga berilmoqda

12 iyl 2018, 20:11
Liverpool Echoning xabar berishicha, yaqin 48 soat ichida Harri Uilson "Derbi Kaunti" klubiga ijaraga berib yuboriladi.

Avvalroq, uelslik iste'dod egasiga chempionshipning roppa rosi 12 klubi qiziqish bildirgan, "qizillar"esa futbolchini ko'proq o'yin amaliyoti uchun ijaraga berib yuborishlari ma'lum qilingan edi. Endi esa Liverpool Echoning xabarlariga ko'ra transfer ijarasi yakuniga yaqin turipti. "Liverpul" dagilarning aytishicha futbolchi yaqin 48 soat ichida "Derbi Kauntiga" ijara asosida o'tadi va rasman e'lon qilinadi. Avvalroq Uilsonni "Stok Siti" va "Norwich City" dan tashqari, Shotlandiyaning "Seltik" klubi ham o'z safida ko'rishni istashgandi, ammo "Liverpul" bu so'rovlarga rad javobini bergan edi. Yaqindagina Uilson bilan 5 yillik yangi shartnoma imzolagan "Liverpul" 21 yoshli iste'dodli futbolchisiga muntazam o'yin amaliyotini vada qila oladigan klubga ijaraga berishni lozim topdi. Harri Uilson esa shartnoma imzolanganidan keyin oz intervyusida yangi shartnomadan juda ham xursandligi, ushbu kelayotgan mavsum u uchun atalgan mavsum bo'lishiga ishonishini bildirgan edi.
Teglar : Harri Uilson | transferlar |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 655 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 64
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 62

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog