Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

BREAKING : "Liverpul" Alisson Bekker borasida "Roma" bilan kelishuvga erishdi

16 iyl 2018, 16:04
"Liverpul" Alisson Bekker borasida "Roma" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda bir nechta portal, shuningdek, "Liverpul"ga bevosita aloqador jurnalistlar Jeyms Pirs, Poul Joys kabilar xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, "Liverpul" darvozabon uchun 66 mln. funt. ( 75 mln. evro)to'laydi.
Pulning 58 mln. funt + 8.9 mln funt. bonuslar ko'rinishida bo'ladi. Bu orqali Alisson jahonning eng qimmat darvozaboniga aylanadi. Bundan oldingi darvozabonlarning rekord narxi Alissoning Braziliya termasidagi jamoadoshi, hozirda "Manchester Siti" ning birinchi raqamli darvozaboni Edersonga tegishli edi. 35 mln. funt.
Alisson "Liverpul" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Uning maoshi esa taxminan haftasiga 120 ming funt. sterling bo'lishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, Alisson "Roma" safiga 2016-yil 8 mln evro evaziga kelib qo'shilgandi.
Alisson "Liverpul" uchun ushbu transfer oynasidagi 4-xarid hisoblanadi. Bundan oldin Nabi Keyta, Fabinyo va Jerdan Shakirilar xarid qilingan edi.
Teglar : Alisson Bekker | Jeyms Pirs |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 521 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 57
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 56

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog