Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Oksleyd-Chemberlen yangi mavsumda umuman maydonga tushmasligi mumkin

10 iyl 2018, 23:45
"Liverpul" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlenning Yevropa Chempionlar Ligasida "Roma"ga qarshi kechgan bahsda olgan jarohatining tiklanish jarayoni juda ham ortga siljidi. Bu haqda "mersisaydliklar" ustozi Yurgen Klopp ma’lum qildi.

Futbolchi aynan tizzasidan olgan o‘sha jarohati sabab 2018/19-yilgi mavsumning barcha qismini o‘tkazib yuborishi deyarli aniq. Nemis mutaxassisi Chemberlen uchun yangi mavsum 2019/20-yilda boshlanishi aytib o‘tdi.

Avvalroq, Aleksning safga qaytishi noyabr oylariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xabarlar berilgandi.

"Hozir odamlarga Aleks Oksleyd-Chemberlenning kelasi mavsumi jarohatni davolash va tiklanish jarayoni bilan o‘tishini aytishning eng qulay vaqti. Biz buni u jarohat olgan kunning ertasigayoq payqagan edik.

O‘tkazilgan muvaffaqiyatli operatsiyadan so‘ng, biz bunga to‘liq ishonch hosil qildik. Umid qilamanki, har bir kishi buni to‘g‘ri qabul qiladi. Hech qanday o'zgarish yo'q, har bir narsa jadvalda aniq, biz buni bilganmiz va rejalashtirganimiz. Bu haqda yangi ma’lumotlar paydo bo‘lsa, omma e’tiboriga havola etamiz.

Aleks muvaffaqiyatli operatsiya qilindi, lekin biz uni katta ehtimol bilan boshlanajak mavsumda maydonda ko‘rmaymiz. Agar u o‘ynab qolsa, bu biz uchun kattagina bonus bo‘lardi", -
deydi Klopp.
Teglar : Aleks Oksleyd-Chemberlen | Yurgen Klopp | Intervyular
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 798 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 78
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 77

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog