Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Alisson Bekker tibbiy ko'rikdan o'tdi

11 iyl 2018, 09:57
"Roma"klubining darvozaboni Alisson Bekker "Liverpul"da tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Kecha "Roma" klubining darvozaboni Alison Bekker "Liverpul"ga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga keldi. Alisson tibbiy ko'rikdan o'tdi. "The Times" gazetasi muxbiri Paul Joysning xabariga ko'ra bugun 25 yoshli darvozabon Mersisayd klubi bilan olti yil muddatga shartnoma imzolaydi. Kechgacha esa rasmiy bayonot berilishini aytib o'tdi.

"Roma" klubi darvozabon uchun 66,8 million funt (75 million evro)ga ega bo'ladi. Bu bilan "Liverpul" darvozabonlar orasidagi transfer rekordini o'rnatadi. Braziliyalik darvozabon Rimga 2016 yilda kelgan. O'shanda Rim klubi Alissonni "Internatsional"dan 8 million evroga sotib olgan edi.

Alisson Braziliya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lib, 2018 yilgi Jahon Chempionatida 5ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol o'tkazib yuborgan.
Teglar : Roma | Alisson Bekker | Paul Joys
Manba : Championat
Qo`shdi: Alone
Ko`rildi: 1161 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 57
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 56

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog