Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" tarkibga qo'shib olishi kerak bo'lgan futbolchi

11 iyl 2018, 10:50
"Liverpul" bu yil transfer oynasida juda faol, bir qancha chiziqlar kuchaytirildi. Lekin Yurgen Klopp e'tibor qaratishi shart bo'lgan, jamoaning nozik joylari bor hali.
Darvoza muammosi ham shu kungacha dolzarb hisoblanardi. Bugun yoki ertaga Braziliyalik Alisson Bekker transferi orqali aytish mumkinki, bu muammo hal bo'ldi. Rekord narxga darvozabon xarid qilindi. O'tgan mavsum jamoa uchun Aleks Oksleyd-Chemberlen katta foyda keltirdi, lekin YeChL yarim finalida olingan jaroxat sabab, kelayotgan mavsumni to'liq o'tkazib yuborishi mumkin. Chemberlen o'rnini Nabi Keyta bemalol to'ldirishi mumkindir. Fabinyoning xarid qilinishi esa yozda jamoani tark etgan Emre Jan o'rnini to'ldiradi. "Liverpul"ning yana bir kuchaytirishi lozim bo'lgan jihat bu hujum hisoblanadi. O'tgan mavsum Salah, Firmino va Mane uchligi juda ko'p ish qilishdi. Bu yil ham ulardan xuddi shunday samaradorlik kutilmoqda. Biroq Klopp uchun uzoq va o'g'ir mavsum oldidan zahira o'rindig'ida kuchli futbolchilarning bo'lishi juda zarur. Shu maqsadda "Liverpul" Jerdan Shakirini xarid qildi. Shuningdek, klub yaqinda "Shaxtyor"ni erkin agent sifatida tark etgan Bernardni kuzatmoqda.
*
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum dekabrida:
"Bir qancha yevropa klublarida yaxshi takliflar bor. Men hammasini o'ylab ko'rib, xotirjam, ulardan eng maqbulini tanlashim kerak.".

Bernard "Shaxtyor" bilan yaxshi mavsum o'tkazdi. YeChL sida yaxshi natijalar qayd etdi. Jamoasi uchun katta foyda keltirdi.
Bernard chap qanot vingeri hisoblanadi, himoyachilar orasidan tezda o'tib ketadi, yuqori tezlikka ega, yuqori intellektual futbol ko'rsatadi. Ehtimol, U Koutinyo o'rnini bosa olmas, lekin mustahkam himoyaviy o'yin ko'rstadigan jamoalarning himoya qo'rg'onini qanday yorib o'tishni juda yaxshi biladi. Shakiri kabi Bernard ham zahira o'rindig'i uchun ajoyib variant bo'lardi. Tezda jamoaga moslashib ketsa, Sadio Mane bilan bemalol asosiy tarkib uchun kurasha olishi mumkin. Yana eng muhim tomoni futbolchini tekinga qo'lga kiritish mumkinligida.
"Liverpul" bu borada ham tezroq harakat qilishi kerak, chunki futbolchining xizmatlariga "Everton" va "Arsenal" ham qiziqmoqda.

Ma'lumot uchun:
Bernard Anisio Kaldeyra Duarte - 1992-yil 8-sentabrda Braziliyada tavallud topgan.
"Shaxtyor" jamoasiga 2013-yil "Atletiko Mineyru" jamoasidan 25 mln evro evaziga kelib qo'shilgan.
Hozirda erkin agent.
O'tgan mavsum "Shaxtyor" tarkibida barcha musobaqalarda
26 ta uchrashuvda maydonga tushib 10 ta gol kirtishga va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Sardor Ollamberganovw=600
Teglar : Bernard | Yurgen Klopp |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 1475 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 66
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 61

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog