Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Alisson transferi bugun e'lon qilinishi mumkin, ayni paytda u ko'rikdan o'tmoqda

18 iyl 2018, 17:31
Alisson Bekker aynu paytda "Liverpul"da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Bu ma'lumotni "Roma" prezidenti Monchi ham tasdiqlab o'tdi. Darvozabonning tibbiy ko'rigi muvaffaqqtiyatli amalga oshsa u bugunning o'zidayoq rasman tanishtiriladi.

"Futbolchi ayni paytda tibbiy ko'rikdan o'tmoqda, keyin transfer rasman hal bo'ladi.

Sport direktori bo'lib ish yuritish oson emas. Biz Alisson uchun juda yuqori summali taklif oldik va uni qabul qildik. "Liverpul" bilan kelishuvga erishdik hamda uni sotishga qaror qildik. Lekin bu bizning maqsadlarimiz past ekanligidan emas. Biz 10 ta futbolchi sotib oldik va 2 ta sotdik"
, - deya munosabat bildirdi "Roma" prezidenti Monchi.

Eslatib o'tamiz, Alisson "qizillar" safiga bonuslar bilan hisoblaganda 66.9 million funt evaziga o'tmoqda. U "Liverpul" bilan 6 yillik shartnoma tuzadi. Alisson shundan so'ng ta'tilini davom ettirib, jamoa safiga avgust oyining boshida qo'shiladi.
Teglar : Alisson Bekker | Transferlar |
Manba : Express
Qo`shdi: NYC
Ko`rildi: 888 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 69
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 66

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog