Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "Liverpul" jahonning eng yaxshi darvozabonlaridan biriga ega bo'ldi"

20 iyl 2018, 06:25
"Liverpul" klubining bosh murabbiyi Yurgen Klopp darvozabon Alisson Bekkerning transferi haqida:

"Bir necha hafta ilgari biz dunyodagi eng yaxshi darvozabonlaridan birini olish imkoniga ega bo'ldik. Bunday holatda, kelishish uchun uzoq vaqt talab qilinmaydi. Siz faqat klub egalari bilan suhbatlashishingiz kerak bo'ladi xolos. Ular bu transfer haqida eshitib hayratda qolishdi, shuning uchun biz buni qildik. Bunday transferlarga muhtojmiz.

Biz narxga ta'sir qila olmaymiz. Bu bozor. Lekin biz narxidan qat'i nazar buni juda ko'p o'ylamaymiz. Bu darvozabonlarimizning qiymatini ko'rsatadi.

Alissonning ingliz tilida gaplashishi ajablanarli darajada yaxshi, u haqiqiy inson. So'nggi yillarda Alisson Evropa va Rimda juda ko'p tajribaga ega bo'ldi. U "Roma"da juda yuqori saviyada o'ynagan va Jahon Chempionatida ham xuddi shunday o'ynagan.

U Primer Ligaga moslashishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Bu Alisson uchun yangi bir chempionat. Primer Ligada Alisson o'zining kuchli tomonlarini ko'rsatadi degan umiddamiz"
, - deydi Klopp "Liverpul"matbuot xizmatiga bergan interyusida.
Teglar : Yurgen Klopp | Alisson Bekker |
Manba : Championat
Qo`shdi: Alone
Ko`rildi: 671 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 48
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 45

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog