Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" bu mavsum yondiradi(mi?)!

19 iyl 2018, 20:04
"Liverpul" bu yozda ajoyib transferlarni amalga oshirdi. Yurgen Klopp jamoasi kuboklar uchun birinchi qadamni tashlab bo'ldi. Yozdagi tarkibga qo'shilganlardan keyin "Liverpul" bir qancha turnirlarda favoritlardan biriga aylandi. Klopp faqat mashg'ulotlarga emas, muhim transferlar amalga oshirishga e'tibor qaratdi. Ayniqsa, qishda Virjil Van Deyk jamoaga kelganidan keyin. Endi nemis mutaxasisida taktik muammolardan boshqa muammo bo'lmaydi.

Kim keldi?

Mersisaydliklar o'tgan yozdayoq, "RB Leyspig" bilan Gvineyalik Nabi Keyta transferi borasida kelishib qo'ygandi. Aytish mumkinki, endi "qizillar" o'z NGolo Kante siga ega bo'ldi. Keytaning o'yin uslubi Angliya futboliga to'liq mos keladi. Futbolchi o'yin uslubiga "Box-to-box" uslubida harakat qiladi. "Liverpul" safida avval binday futbolchi umuman bo'lmagan, Nabining kelishi jamoa o'yini kuchaytirishi aniq.
Braziliyalik Fabinyoning kelishi zahira xaridi. "Liverpul" futbolchi transferi borasida "Monako" bilan juda tez kelishuvga erishdi. Kloppga Fabinyoning universalligi yoqadi, u qanot himoyasida ham, tayanchda ham bemalol harakat qila oladi. "Qizillar" butun mavsumni tayanch yarim himoyasida Henderson bilan o'tkazdi, endi bu joyni yanada moslashuvchanroq futbolchi bilan to'ldirildi.
*
Jerdan Shakiri hujum chizig'i yordam berish uchun tarkibga qo'shib olindi. Albatta, Salah-Firmino-Mana uchligi o'z joylarini hech kimga berib qo'ymaydi, lekin mavsum oxirida ular almashtirib turilishi kerakligi bilindi. Adam Lallana jaroxatdan keyin haliyam o'ziga kela olmayapti, Aleks Oksleyd-Chemberlen esa butun mavsumni o'tkazib yuborishi mumkin, Dominik Solanke esa hali ham yarim asosiy tarkib futbolchisi bo'lishga tayyor emas. Shakir esa hujum chizig'idagi xohlagan joyda bemalol o'ynay oladi.
"Liverpul"ning bosh murabbiyiga maydonda mehnat qilishni yoqtiradigan futbolchilar juda yoqadi, shuning uchun aytish mumkinki, shvetsariyalik futbolchi mavsum davomida muhim futbolchiga aylanishi mumkin. Klopp Jerdanning karerasini "qayta jonlantirish" orqali, butun dunyoga arzimagan pulga yuqori darajali futbolchi xarid qilish mumkinligini isbotlashi mumkin.

"Bayram torti" yuqorida albatta Alisson turibdi. Mavsum boshlanishidan oldin, Klopp Kariusga ishonch bildirishi haqida aytib o'tgan edi. Lekin, Kariusga baribir ruhiy xotirjamlik yetishmadi. "Tranmir Rovers"ga qarshi uchrashuvda yana bitta jiddiy xatoga yo'l qo'ydi, o'ziga kelayotgan oddiy to'pni ushlay olmadi.
Alisson o'tgan mavsum ajpyib mavsum o'tkazdi, Uning zarbalarni qaytarish foizi 80,1 foizni tashkil qiladi. APL da undan ko'proq natijani faqat David De Xea qayd etgan. Beker oyoq bilan ham juda yaxshi o'ynaydi, faqat Ederson gina undan ko'rsatkichlar bo'yicha oldinda xolos. Alisson A Seriyada ko'p bora o'z darvozasini quruq saqlab qolishga erishdi. Yana bitta fakt, 25 yoshli braziliyalik futbolchi, futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylandi. Ko'pchilim ekspertlar fikriga ko'ra, Alissonning xarid qilinishi "Liverpul"ning trofeylar uchun kurashishining yorqin isbotidir.
*

Kim ketdi/ ketadi?

Emre Janning jamoani tark etishi ancha oldin oydinlashgandi. U yangi shartnoma imzolashni xohlamadi va erkin agent sifatida "Yuventus" safiga borib qo'shildi. Mana shu joyida "Liverpul" xatolikka yo'l qo'ydi. Futbolchi transferidan bir qancha pul ishlab olish mumkin edi. Bu yerda ikkita muammo bor edi: Klub Janga ko'p maosh berishga tayyor emasdi, keyin Janning o'zi Nabi Keyta bilan raqobatdan qo'rqdi.
Yurgen Klopp tarkibni tozalamoqda. Jon Flanagan, Stiven Jerrard boshqarayotgan "Reynjers" safiga borib qo'shildi. Shartnomasi tugamagan Lazar Markovich, Denni Ingz, Daniel Starrij va Divok Origilar taqdiri esa so'roq ostida turibdi. Markovich va Starrij taqdiri no'malum, ular ijaraga berilishi yoki sotib yuborilishi ham mumkin. Nemis mutaxasisi Ingzni jamoada qolishini istaydi, biroq Denni esa ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish istagida. Origining esa hammasi o'ziga bog'liq, mavsum boshlanishidan oldingi o'yinlarda o'zini ko'rsatishi kerak. O'tgan mavsum "Volfsburg" safida futbolchi o'zini ko'rsata olmadi.
Shuningdek, klubni o'zini ko'rsatish imkoniga deyarli ega bo'lmagan Denni Uord tark etdi. U 12,5 mln funt evaziga "Lester Siti" tarkibiga borib qo'shildi.
*

Simon Minole taqdiri ham hozircha no'malumligicha qolmoqda, u zahiramiz uchinchi darvozabon sifatida o'tirishga rozi bo'lmasligi mumkin. Adam Bogdan esa Shotlandiyaning "Haybernian" jamoasiga ijaraga berildi.
Hozir Jorjinyo Viynaldumga "Lion" jamoasidan katta qiziqish mavjud. Futbolchining o'zi esa ko'chib o'tishga qarshi emas. U Jan va Chemberlen jaroxat olgach asosiy futbolchiga aylangandi, lekin Keyta va Fabinyoning kelishi uning yana zahira futbolchisi bo'lib qolish ehtimoli katta.

Yana kimlar kerak?

Jahon Chempionati tugashi bilan "Liverpul" Nabil Fekir transferi borasida "Lion" bilan muzokaralarni qayta boshlgani haqida xabarlar tarqay boshladi. Klopp Fekir transferi orqali erkin harakat qiluvchi, kerak paytda uzoqdan ham zarba bera oluvchi hujumkor yarimhimoyachiga ega bo'lishni istagandi. Fekirning kelishi jamoaga turli xil variantlar taqdim etardi. Biroq, Fekirning jiddiy jaroxati asoratli va "Lion" prezidenti Jan-Mishel Olaning futbolchi narxini tushirmagani sabab muzokarlar yana to'xtab qoldi. Jan Mishel Ola JCh dan keyin Fekirning narxi faqat oshdi deya hisoblaydi.
Roberto Firminoga o'rnini bosa oladigan futbolchi kerak. Klopp yorqin kelajak kutayotganini aytayotgan Solanke hozircha zaifroq ko'rinmoqda. Agar Fekir kelmasa, hozircha bu no'malumligicha qolmoqda, Klopp uni yolg'onchi to'qqizlikda o'ynatishiga to'g'ri keladi.
Bo'ydor hujumchiga ega bo'lish ham juda foydali bo'lardi. Biror bir jamoa chuqur himoyaga yotib olgan paytlarda, jarima maydoni ichida bo'ydor hujumchi bo'lishi imkoniyatlarni oshirardi. Salah, Mane va Firminolar bu ishni eplashi qiyin. Chunki, ular bosh bilan zarba berishi uchun ulardan bo'ydorroq himoyachilar aksariyat hollarda deyarli yo'l qo'yishmaydi.
*

Qanday o'ynash mumkin?
Yurgen Klopp o'zining uslubidan voz kechmasligi aniq. Yangilar tarkibga kelib qo'shilgan bo'lsa ham Klopp jamosi hali ham ko'proq yugurish, raqibga pressing qilish, tezkor qaror chiqarish uslubida harakat qilmoqda. Germaniyalik mutaxasis aytishicha Keytaning APL ga moslashishi birmuncha oson kechadi, Fabinyoga esa biroz vaqt kerak, Shakiri esa allaqachon APL da o'ynash tajribasiga ega. Endi uni jamoa o'yin uslubiga moslashtirish qolgan, xolos.
Himoya chizig'ida hech qanday o'zgarish kuzatilmasligi aniq. Virjil jamoaga kelib qo'shilgach, "Liverpul" o'rtacha har o'yinda 0.66 ta gol o'tkazib yubordi. Agar buni butun mavsumga hisoblasak taxminan 25 ga yaqin son chiqadi. "Totenxem"ga qarshi o'yindagi xatolaridan keyin, Lovren mavsumning ikkinchi qismini ajoyib tarzda o'tkazdi. Deyan YeChL finalida ham "qizillar" tarkibidagi eng yaxshilardan biri bo'ldi, shuningdek JCh ini ham ajoyib tarzda o'tkazdi. So'zsiz u asosiy tarkib futbolchisi. Matip, Klavan va Jo Gomez esa zahira himoyachilari vazifasini bajaradi, lekin ularda ham imkoniyat bo'lishi aniq.
"Liverpul" ishqibozlarining barchasining yoqimtoyiga aylangan Endryu Robertson esa o'zining har bir uchrashuvuni yuqori darajada o'tkazgani va tinimsiz mehnatlari evaziga Alberto Morenoni asosiy tarkibdan siqib chiqardi. Ko'pchilik fikricha Moreno zahira futbolchisi vazifasini bajaradi. Alberto ketmoqchi emas va mashg'ulotlarda tinimsiz mehnat qilmoqda. Kloppda chap qanot himoyasi borasida hech qanday bosh og'riqlar bo'lmasligi aniq.
*

O'ng qanot himoyasida o'yindan o'yinga o'sib borayotgan Trent-Aleksandr Arnold. 19 yoshli bu yigitcha juda yaxshi o'yinlar o'tkazmoqda. Tajribali Nataniel Klaynga asosiy tarkibga kirib olish qiyin bo'ladi. Lekin katta ehtimol bilan Yurgen Klopp bu ikki futbolchini rotatsiya qilsa kerak. TAA JChda ajoyib qatnashdi, tugashi bilanoq klub ixtiyoriga yetib keldi. Biroq, Klopp unga ikki haftaga dam berdi.
"Qizillar" jamoasi sardori esa ko'p vaqtini JCh o'tkazgani bilan, u ham dam olishni rad qildi. Klopp unga ham dam berishga qaror qildi, chunki u juda charchagan edi. APLning 1-turida biz katta ehtimol bilan maydonda Hendersonni ko'rmaymiz. Keyinchalik, Fabinyo va Hendo markaziy yarimhimoyani egallashadi.
Markazdagi uchinchi futbolchi esa bu shak shubhasiz Nabi Keyta. Gvineyalik futbolchidan maydonda juda faollik talab qilinadi. Viynaldumni esa maydonda kamroq ko'rsak kerak. Haqiqiy jangchilar kabi o'ynaydigan Jeyms Milner esa, har qanday kurashga tayyor, maydonning istalgan burchagida o'ynay oladigan bu futbolchi ham hozir ajoyib formada. Adam Lallana taqdiri esa haliyam no'malumligicha qolmoqda. Adam jaroxatdan keyin haliyam oz formasini tiklab ololmayapti, agar bu mavsum shunday bo'lsa, bu mavsum Adam uchun katta ehtimol bilan "Liverpul" tarkibidagi oxirgi mavsum bo'ladi.
Nihoyat Mane, Salah va Firmino larga ham oz moz bo'lsada dam olish imkoniyatini berish mumkin. Shakiri hujum chizig'ining istalgan joyiga tushib o'ynay olishi mumkin. Lekin, yana bitta rotatsiya uchun hujumkor yarimhimoyachi xarid qilinishi yaxshi bo'lardi. Shvetsariyalik futbolchi juda ko'p vaqtini zahirada o'tkazmasa kerak. Chunki klub APL, ikkita kubok va YeChL da o'ynaydi. Bu turnirlarda jamoa ancha uzoqqa yetib borishi kerak.
O'tgan mavsum jamoaga zahira o'rindig'i torligi pand berib qoldi. Lekin Klopp bu mavsum barcha muammolarni to'g'rilamoqda.
Demak, mavsum boshlanishiga oz qoldi.

YNWA.

Internet ma'lumotlari asosida Sardor Ollamberganov tayyorladi
Teglar : Nabi Keyta | Alisson Beker | Yurgen Klopp
Manba : Football.ru
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 1983 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 60
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 59

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog