Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Lallana: "Ayni damda optimal formaga qaytganman"

10 iyl 2018, 22:18
"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana ayni damda o‘zini juda yaxshi his etayotganini ta’kidladi.

O‘tgan mavsumning deyarli barcha qismini jarohat bilan o‘tkazgan 30 yoshli futbolchi, bor yo‘g‘i 15 ta o‘yinda qatnashdi va JCh-2018ni o‘tkazib yubordi.

Lallana o‘zining "Enfild"dagi beshinchi mavsumini butunlay o‘zgacha bo‘lishiga umid qilyapti. Futbolchi o‘zini APL birinchi tur doirasida bo‘ladigan "Vest Hem"ga qarshi o‘yin uchun to‘liq tayyor deb hisoblaydi.

"Men optimal formaga qaytganimga 4 haftacha bo‘lib qoldi. Yoz bo‘yi maxsus individual dastur asosida keragidanda ko‘proq mashg‘ulot olib bordim. Boisi, dam olishga muhtoj emasdim.

Men shunchaki qaytganimdan xursandman, o‘zimni yaxshi his etyapman va yangi mavsum boshlanishini kutyapman", -
deydi Lallana Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Teglar : Adam Lallana | | Intervyular
Manba : Sky Sports
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 702 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 94
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 89

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog