Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" tez orada Pulishich bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

16 iyl 2018, 18:00
"Borussiya Dortmund" klubi o‘zining iqtidorli futbolchisi Kristian Pulishichni mazkur transfer oynasida sotishga tayyorligini oshkor etgach, bir qator jamoalar amerikalik yarim himoyachiga bo‘lgan e’tiborni oshirdi.

Jumladan, "Liverpul" va "Chelsi" Pulishich uchun kurashayotgan asosiy jamoalardir. "Liverpul" Nabil Fekir transferidan voz kechgach, endilikda Filippe Koutinyo o‘rnini aynan 19 yoshli futbolchi bilan to‘ldirmoqchi.

Dortmund klubi o‘z futbolchisi uchun 70 million yevro talab qilmoqda. Xabarlarga qaraganda, "Liverpul" sport direktori Maykl Edvards navbatdagi katta transfer uchun harakatlarni boshlab yuborgan. U yaqin kunlar ichida Pulishich yuzasidan muzokarani boshlaydi va mazkur jarayon 9-avgustga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, yaqinda "Liverpul" va "Borussiya Dortmund" jamoalari AQShda o‘zaro nazorat uchrashuvini o‘tkazdilar. Aynan mana shu bahsda Pulishich "qizillar" darvozasiga ikkita gol urdi va jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Teglar : Kristian Pulishich | Borussiya Dortmund | Transferlar
Manba : Gambling
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 957 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 52
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 51

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog