Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Alisson: "Birinchi kundan o'zimni uydagidek his qilyapman"

18 iyl 2018, 22:06
Bugun "Liverpul"ning yangi posboni Alisson Bekker ertalab jamoasidagi ilk mashg'ulotlarni o'tadi va futbolchi mashg'ulotlardan kichik intervyu berdi.

"Ajoyib kun bo'ldi, buni intiqlik bilan kutayotgan edim.

Bir necha kun oilam bilan dam oldim, lekin hammamiz tezroq yangi mavsum boshlanishini kutayotgandik. Bu birinchi kun va o'zimni allaqachon uydagidek his qilmoqdaman. Bir necha jamoadoshlarim bilan uchrashdim va ertalabki mashg'ulotlarni o'tkazdim, ammo kun tugamadi va tushda ham mashg'ulotlar olib boramiz".

Shundan so'ng, Alisson yaqinlashayotgan mavsum starti hamda klubdagi tanish futbolchilari haqida ham gapirib o'tdi.

"Ikki hafta uzoq vaqt bo'lmasa-da, bu oraliq Premier-liganing dastlabki o'yiniga tayyor bo'lishimizga yetarli. Bu o'yindan avval ("Vest Hem"ga qarshi) ikkita o'rtoqlik bahsimiz bor. Jamoaning qilayotgan mehnati va yordami bilan APLni yaxshi boshlashga tayyor bo'laman. Umid qilamanki, jamoaga yordamim tegadi.

Jamoaga tezroq moslashish juda muhim. Maydon tashqarisidagi do'stlik maydonda ham yordam beradi. Men Fabinyo va Bobbini taniyman, ular menga yordam berishadi. Mo (Salah)ni yaxshi taniyman va bu uchchala futbolchi klubga moslashishimda katta ko'mak bo'ladi. Jamoadagi ilk taassurotim bu yerda menga qiyin bo'lmasligini aytmoqda. "Liverpul"da kuchli futbolchilar va professionallar yig'ilgan. Oldinda bizni fantastik mavsum kutayotganiga ishonchim komil", - deydi Bekker.
Teglar : Alisson Bekker | Intervyular |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Chamberlain_21
Ko`rildi: 477 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 44
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 40

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog