Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Origi bo'yicha ijara shartnomalarini ko'rib chiqmaydi

18 avg 2018, 05:36
"Liverpul" klubi jamoa hujumchisi Divok Origi ijarasi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas. "Sky Sports" nashrining bergan ma'lumotlariga ko'ra "Liverpul" uni faqat sotib olish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqadi.

Xabarda aytilishicha, "qizillar" haftasiga 28 ming funt sterlingga ega bo'layotgan futbolchi uchun ijara shartnoma qilmasligi aytib o'tilgan. Ispaniyaning "Valensiya" klubi va APLning"Uortford" jamoasi Origi bilan ijara asosida shartnoma qilishdan manfaatdor ekanligi ham yozib o'tilgan.

Origi Bundesliganing "Volfsburg" jamoasi bilan o'tgan mavsum ijara shartnomasi tuzilgan. "Volfsburg" bilan 2017/2018-mavsumda 24 ta o'yinda ishtirok etib 7 ta gol urgan.

Klopp uni mavsumoldi turnirda ishtirok etishni hoxladi, ammo u shanba kuni "Manchester Yunayted" ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmadi.

Bu unchalik ham ajablanarli xabar emas edi. Chunki "qizillar"ning hujum chizig'i uchun asosiy tarkibda maydonga tushishga raqobatga dosh bera olmasligi mumkin. Origida katta tajriba ham yo'q. Mana shu holat ham uni sotilishiga bo'lgan sabablardan biri. Undan tashqari "Liverpul" yozda katta transferlarni amalga oshirdi. Mablag'ni qisman qoblash uchun ham Origini boshqa klubga sotib yuborish kerak.

Yurgen Klopp uni jamoada olib qolmoqchi emas. Demak, Divok Origi jamoaga hech qanday yordam bera olmaydi. "Liverpul" uning transferi bo'yicha bir nechta takliflarni ko'rib chiqmoqda. Mersisayd klubi Origini 30 mln yevrodan pasiga sotmoqchi emas.
Teglar : Divok Origi | |
Manba : Sky Sports
Qo`shdi: Alone
Ko`rildi: 543 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 37
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 33

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog