Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Roberto Firmino: "Enfild" - futbol o‘ynash uchun dunyodagi eng zo‘r joy"

20 avg 2018, 22:19
"Liverpul" yetakchilaridan biri Roberto Firmino jamoaning mavsumoldi tayyorgarlik jarayoniga qo‘shilgach, yana jonajon klubi huzuriga yetib kelganligidan mamnunligini yashirmadi.

"Enfild" - futbol o‘ynash uchun dunyodagi eng yaxshi joy. Stadionidagi atmosfera aqlbovar qilmas darajada, biz ishqibozlarimizdan qo‘shimcha motivatsiya va kuch olamiz.

Bunday buyuk jamoada o‘ynashdan faxrlanaman va yaratganga bunday imkoniyat taqdim etgani uchun shukrona aytaman. Men Liverpulni yoqtiraman, bu shahar yashash uchun ajoyibdir. Muxlislar har doim mehribon va ijobiy hissiyotlarni taqdim etishadi. "Enfild"da ushbu klub uchun o‘ynash - men uchun pozitiv tajriba taqdim etadi. Tan olishim kerakki, "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan stadionga kelganimizda, mening tanam titroq ostida qolgandi. O‘ylashimcha, bu faqat menda sodir bo‘lmagan. Shunday ekan, bizning muxlislarimiz - fantastik muxlislar. Ularni ko‘rganda ko‘zimga yosh qalqiydi va aynan shu insonlar uchun borimni berib o‘ynayman. Bunday ko‘rinishlar ajoyib tuyg‘ularni ifodalaydi va siz maydonda ishqibozlarni xursand qilish uchun ham boringizni berib yugurasiz.

Har doim muxlislarning sevgisini his qilaman va uni juda qadrlayman. Sovrinlar jamoa uchun juda muhim, ayniqsa, barcha bir necha yillardan beri Premier-liga g‘olibligini istaydi. Biz ishqibozlarimiz baxtli bo‘lishlari uchun borimizni beramiz", -
deydi Bobbi Firmino.
Teglar : Roberto Firmino | | Intervyular
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 722 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 55
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 50

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog