Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Qizillar" hikoyalari. Jordan Henderson: Angliya men uchun qanday ma'no anglatadi?

19 avg 2018, 18:43
""Qizillar" hikoyalari" ruknining bu safarga qahramoni jamoamiz sardori Jordan Henderson:

Angliya jamoasi doim diqqat markazida turadi. Hammasi yomon ketayotgan bo'lsa - judayam ko'p tanqid qilinadi. Agar hammasi yaxshi ketayotgan bo'lsa, ko'p maqtovlar yog'iladi. Bu futbolning ajralmas qismi. Murabbiy va futbolchilargina bu holatni o'zgartirishi mumkin. Terma jamoa tarkibida mashg'ulotlarda bo'ladimi yoki maydonda bo'ladimi, biz jamoa uchun, vatanimiz uchun qo'limizdan nima kelsa hammasini qilamiz.

Men futbol o'ynashni juda yoshligimda ikki yoki uch yasharlik paytimda boshlaganman desam ham bo'ladi. O'shanda uyimizning orqa tarafidagi bog'da o'tirardim, otam menga to'pni uzatgandi. Bu mening hayotimdagi birinchi o'yinim edi desam ham bo'ladi.
*

Bolaligi va futbolga qo'ygan ilk qadamlari
Olti yashar paytimda otam meni bolalar o'rtasidagi futbol o'yiniga olib bordi. Lekin, men uchun hammasi rejadagidek ketmadi, taym tugashi bilan maydonda yugurib chiqdim va yig'lab yubordim. Rostini aytsam, hozirgach nega yig'laganimni tushuna olmayman. Men futbolni yoqtirmasdim, to'g'ri, to'pni o'zim bilan olib yurishni uni darvozaga tepishni yaxshi ko'rardim. Lekin futbolda nima qilishni bilmay daxshatga tushib qolgandim. Murabbiy mening o'rnimga zahiradan boshqa bir bolani tushirdi. Keyinchalik, men futbolni o'rgandim. Futbol o'ynash men uchun qiyinchilik tug'dirmaydigan bo'ldi.

1996-yil yozida men endigina futbolni tushuna boshlaganimda Evro-96 Angliyaga keldi. Bu musobaqada mening xotiramda ayrim joylarida butun umrga saqlanib qolgan.
Tushunarliki, men o'sha paytda juda yosh edim, Oila a'zolarim bilan futbol tomosha qilib o'tirganimizni, "Uembli"da " Gazza" ( Pol Gaskoyn) ning Shotlandiya jamoasiga urgan golini juda yaxshi eslayman. Angliyaning Shotlandiya ga qarshi o'yinlari doimo katta o'yinlar hisoblanardi, biroq bu o'yinning bahosi yanada yuqoriroq edi. Uch ochkoning qo'lga kiritilishi guruh bosqichidan chiqib olish uchun, katta imkoniyat yaratardi.

Tanaffusdan keyin Alan Shirer gol urib hisobni ochdi, keyinroq Shotlandiya penalti ishladi. Lekin, ular foydalana olishmadi. Bir daqiqa o'tar o'tmas Angliya ikkinchi golni ham urishga muvaffaq bo'ldi.
Angliyaning har bir futbol ishqibozidan, ko'zlarini yumib Angliya futboli tarixidagi eng buyuk onlarni ko'z oldiga keltirishini so'rasangiz, eng buyuk onlardan biri sifatida albatta - "Gazza"ning himoyachi boshi ustidan to'pni oshirib, darvozaning pastki burchagiga joylab qo'yayotganini ko'z oldiga keltirishsa kerak.
Gazza obrazida yerda yotgan hujumchi, uni quchoqlayotgan futbolchilar, "Uembli"dagi shovqin, muxlislar quvonchi - mana bu men uchun Terma Jamoa!!

Keyinchalik, ikki yil o'tib Jahon Chempionatida Maykl Ouenning Argentina termasi darvozasiga urgan golini eslayman. O'sha paytda u bor yog'i 18 yoshda edi! Mening Angliya terma jamoasining ilk liboslari aynan o'sha musobaqalarga Evro-96 va JCh - 98 ga tegishli edi.
Bog'da o'ynab yurgan boladan shu darajaga yetishimga shubhasiz otam sababchi. U har bir o'yinimdan keyin takror va takror, nafaqat mening o'yinim balki, butun jamoa haqida menga gapirib berardi.
Kerakli paytlarda, u meni koyib ham berardi, nega? Chunki u mening futbolchi sifatida o'sishimni yanada kuchliroq o'ynashimni xohlardi. Bu ko'pincha yaxshi o'ynolmagan, lekin o'ynashim mumkin bo'lgan o'yinlardan keyin sodir bo'lardi. Gohida men hammasini to'g'ri qilgan bo'lsam ham, ozgina tanqid qilib qo'yardilar, tushunishimcha bu taltayib ketmasligim uchun edi.
*

Futbolchilarning o'z klublarini almashtirishlari futbolning bir qismi

2011-yilning iyun oyida do'stlarim bilan tushlik qilayotgan paytim "Sanderlend"dan qo'ng'iroq bo'ldi. Unda aytishdiki, "Liverpul" bilan kelishuvga erishilgan, yana aytishdiki, shahsiy kelishuv uchun men Liverpul shahriga borishim kerak edi. Bir necha soatdan keyin otam bilan Liverpool ga yo'l oldik. Biroq, kechroq yetib bordik, ertasiga ertalab Melvudda edim. Tushlik vaqtiga borib, men rasman "Liverpul" futbolchisiga aylandim. Bu xuddiki, orzular ro'yobiga o'xshardi.

Men bolalik paytimda mening Angliyada eng sevimli o'yinchim Stiven Jerrard edi. Uning o'yinlarini televizor orqali tomosha qilib katta bo'lganman. "Liverpul"ga o'tayotganimda u bilan birga ishlashdan judayam xursand edim. Keyinchalik, uni yanada ko'proq bilib oldim. U yaxshi futbolchi bo'lish bilan birga judayam yaxshi inson.
Dastlab Stivining yonida bo'lish biroz qo'rqinchlidek edi, sababi u "Liverpul" kabi butun Angliyaning eng mashhur o'yinchilaridan edi.
*
Butun Angliya uni yuksak qadrlar edi. U shunday insonki, u bilan o'ynasang o'zingni erkinroq his qilasan, o'zingga bo'lgan ishonching ortadi. Keyinchalik, u mening jamoaga moslashib ketishimda ham katta yordam berdi, doimo qo'llab quvvatlab turdi. O'yinda ham, maydon tashqarisida ham.

Terma jamoa uchun o'ynash - bu katta g'urur!

Evro 2012 da qatnashaman deb o'ylamagandim. Jamoa oromgohida ( lager) edim, biroq keyinchalik tarkibdan tushib qoldim. Xafa bo'lmadim, chunki mendan yaxshilar ko'p edi. Braziliyada o'tadigan JCh da qatnashish umidim bor edi. O'sha paytda men do'stlarim bilan bayram qilgani Meksikaga ketishim kerak edi.
Liverpuldan poyezd orqali Londonga ketayotgan edim, lekin Xitroudan endi o'tayotganimzda,
telefonimga qo'ng'iroq bo'ldi. Bu terma jamoa shtabida ishlovchi Mishel edi:
" Salom Jordan. Seni ko'ramiz deb o'ylamagandik, lekin Frenk jaroxat oldi. U biz bilan Ukrainaga bormaydi. Murabbiy sening borishingni xohlayapti"

Frenk uchun xafa bo'ldim, lekin bu futbol,jaroxatlar uning bir qismi.
O'zim uchun esa juda xursand edim. Sababi shunday katta turnirda, Angliya uchun o'ynash imkoniyatiga ega bo'lgandim. Do'stlarim ham juda xursand bo'lishdi. Ular bilan Londonda xayrlashdim, taksi to'xtatib tezda Jamoa bo'lib turgan mehmonxonaga yetib bordim.
Bu turnirda men Fransiya va Italiyaga qarshi zahiradan tushdim.
*
Italiya qarshi o'yinda penalti tepmoqchi edim, lekin bu sodir bo'lmadi. Qachonki, siz almashtirilsangiz, o'zingizda quvvat va adrenalin his qilasiz. O'yingq tushsangiz, nafaqat siz qatnashasiz, balki o'zingizga diqqat qaratishlari uchun ham kuchga to'lgandek bo'lib o'ynaysiz. Zahira o'yinchisi bo'lish, asosiy tarkibda tushishdan farq qiladi. Lekin, yana bir narsa borki, buni men keyinroq tushunib yetdim. Stivi kabi insonlar borki, ular jamoa uchun borini berishadi, qo'lidan nima kelsa hammasini qilishadi, nafaqat 90 daqiqalik o'yinda, tanaffusda ham, mehmonxonada ham mashg'ulotlarda ham faqat jamoa uchun qayg'urishadi.
Men buni Braziliyada hakamlar adolatsizlik qilganda o'zimda his qildim. Sababi biz o'sha turnirga ajoyib tarkib bilan borgandik.
Keyinchalik, Fransiyada bo'lib o'tgan Evro-2016.
*
Islandiyadan uchralgan mag'lubiyat -faoliyatimdagi eng chuqur nuqta
Evro 2016 gacha men "Liverpul" tarkibida tizzam jaroxat olgandim, Angliyaga yordam berolmasligim mumkin edi, bu katta ko'ngilsizlik edi. Turnirdan oldin Angliya bazasiga bordim, jismoniy holat borasida qattiq mehnat qildim, lekin eng muhimi men uchun bazadagi ruhiyat edi. Biz ko'p vaqtimizni o'yin xonalarida o'tkazdik, stol tennisi, darts, basseyn va albatta FIFA.
FIFA jamoasida eng yaxshi o'yinchi bu Dele Alli, shuningdek, Daniel Starrij ham ajoyib. Lekin, ko'p qola olmasdim, chunki uyda ikkita farzanding bo'lsa, ota ekanligingni aslo unutmasliging kerak. Yigitlar orasida bo'lish menga ruhiy jihatdan katta yordam berdi, chunki jaroxat yengish zarur edi. Men bor kuchim bilan harakat qildim, fitness testlarini yaxshi topshirdim, keyin biz Fransiyaga jo'nab ketdik. Lekin, jaroxatdan chiqib, tezda zo'r o'ynab ketish deyarli ilojsiz ish.
Islandiyadan uchralgan mag'lubiyat menga qattiq ta'sir qildi. Bundan yaxshiroq natijaga erisha olardik, buni his qilardim. Aniq bilaman, biz bundan ko'prog'iga qodir edik. O'yindan keyin kiyim almashtirish xonasida bo'lish - mening futbolchilik faoliyatimdagi eng chuqur nuqta edi. Bu juda his hayajonli daqiqalar edi. Biz hammamiz, rostini aytsim, shok holatiga tushib qolgandik. Dastlab hamma jim turardi. Murabbiy va Ueyn ayrim so'zlar bilan ko'ngilni ko'tarishga harakat qildi. Lekin, mening qulog'imga shivirlashdan boshqa narsa eshitilmayotgan edi. Bu sharmandalik edi.
O'ylashimcha, bu jamoamiz umuman boshqa. Biz yaxshi jamoamiz. Biz yanada ko'proq natijaga erishishimiz mumkin. Biz yana katta turnirdamiz, demak hech narsani o'ylamasdan olg'a borishimiz kerak. Turli klublarda yil bo'yi bir birimizga qarshi o'ynagan bo'lsak, ham biz bu yerda juda yaqin do'stlarmiz.

Internet ma'lumotlari asosida Sardor Ollamberganov tayyorladi
Teglar : Henderson | Jerrard | mulohaza
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 685 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 67
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 64

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog