Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Kamil Grabara - TOP darvozabon!

18 avg 2018, 14:55
Imkoniyat
"Liverpul" shu yozda rekord summa evaziga Alisson Bekerni xarid qildi va bu orqali darvoza chizig'idagi muammolardan qutuldi deyish mumkin. Albatta, Kloppning o'zi ta'kidlaganidek : " Liverpul" Alissonni ingliz tilini yaxshi biladigan, chiroyli yigit bo'lgani uchun xarid qilmadi". Alisson kelgach darvozabonlarimiz Simon Minole va Loris Kariusning "Liverpul"ni tark etishi haqida xabarlar tarqala boshladi. Mish-mishlarga qaraganda Minole "Barselona"ga, Karius esa Germaniyaga yo'l olishi haqida xabarlar chiqmoqda. Shundan keyin muxlislarda savol paydo bo'lmoqda:" Ikkisini ham sotib yuborsak, Alissondan boshqa darvozabonimiz qolmaydiku? Jaroxat yoki boshqa sabab bilan o'ynolmasa kim o'ynaydi yoki yana bir darvozabon olamizmi?" kabi savollar paydo bo'lmoqda.
"Liverpul" ning 2-raqamli darvozaboni bo'lishga loyiqligini isbotlashga tayyor turgan Kamil Grabara haqida suhbatlashamiz. Maqolamiz shu haqida.
Polsha terma jamoasi va "Liverpul" jamoasi yosh darvozaboni Kamil Grabara o'tgan mavsum eng yaxshilardan biri bo'ldi. Uning YeChL 2 dagi va o'tgan o'yinlardagi ishtiroki Klopp ishonchini qozonish uchun yetarli bo'ldi. "Tranmir Rovers" ga qarshi uchrashuvda 23 daqiqa Loris Karius o'rniga tushib harakat qildi. Yosh Grabaraga ko'p ish topilmagan bo'lsa ham, o'z darvozasini quruq saqladi va himoyachilarga ko'rsatmalar berib turdi.

Lekin, bu uchrashuvda ham muxlislar unchalik e'tibor qilishmadi. "Manchetser Yunayted"ga qarshi uchrashuv tarkiblarini ko'rgan muxlislarda bir savol paydo bo'lgandi. Karius jaroxat sabab uchrashuvni o'tkazib yuboradigan, darvozani esa Grabara qo'riqlashi ma'lum bo'lgandi. Xo'sh, Klopp Karius va Minole kabi tajribali darvozabonlarni sotib yuborib, ishonch bildirishga tayyor turgan Grabara kim o'zi?
*


Men darvozabon bo'lishni xohlayman
Kamil Grabara 1999-yil 8-yanvarda Polshada tug'ilgan.
"Qizillar" safiga 2016-yil yanvarida Polshaning "Ruxa Xojuva" jamoasidan kelib qo'shilgan. Kamil faoliyatini 8 yoshlik paytida kichikroq bo'lgan " Vavel Vayrek" jamoasida boshlagan. Dastlab bu yoshgina yigitchani "Vavel"dagilar nima qilashni bilishmay boshi qotishgandi. Sababi bolalarning eng kichik yoshlisi ham Kamildan 2 yoshga katta edi. Jamoaning sobiq darvozaboni va murabbiyi bolakaydan qayerda o'ynashni xohlashini so'raydi, Kamil esa : "Men darvozabon bo'lishni xohlayman!" - deb javob beradi.
*

"Kamilning orzusi "Ruxa Xojuva" uchun o'ynash edi, chunki "Ruxa" ga mehr otasidan o'tgandi - deya hikoya qiladi, Kamilning onasi Agata Grabara- Lekin, bu orzusiga erishish og'limga oson bo'lmadi, u birinchi jamoasida deyarli zahirada o'tirardi".
Grabara 13 yoshida nihoyat orzusiga yetishdi, "Ruxa" tarkibiga kelib qo'shildi. Mana shundan keyin uning faoliyati yorqin kechdi. Bir necha bor, Polsha yoshlar termasiga chaqirildi. 2015-yilda Polshaning 17 yoshli futbolchilari safida asosiy o'yinchilardan biri bo'ldi. Yevropa chempionati saralash bosqichida ham qatnashdi:
" Biz yaxshi o'ynagandik, biroq gol o'tkazib yubordik va saralashdan o'ta olmadik. Biroq mana shu turnirdan keyin "Ruxa" ga bir nechta takliflar kela boshladi"-deya eslaydi. Grabara- "Ikkita Manchester jamoasidan ham takliflar bo'ldi, biroq "Liverpul"ning taklifi eng anig'i edi. Menga taklif katta qiziqish uyg'otdi, men bu taklifni kutgandim. Ishonchim komilki, inson butun e'tibori va diqqatini bir joyga qaratib mehnat qilsa, u albatta taqdir tomonidan taqdirlanadi. Grabara "qizillar" yoshlar jamoasiga 250 ming funt.evaziga kelib qo'shildi. U Yurgen Kloppning "Liverpul" murabbiyi sifatida ikkinchi xaridi. Dastlab 18 yoshgacha jamoada o'ynadi, keyinchalik 23 yoshgacha bo'lganlar safida ham o'ynadi. U juda tez mashg'ulotlarga kirishdi, unga Klopp va uning jamoasi bilan ishlash juda yoqayotganini ta'kidlashdan charchamas edi:
" Men klubga kelishim bilan tezda birinchi jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etyapman. Menga Klopp bilan birga ishlash yoqadi, u futbolchilar bilan juda yaxshi munosabatda. U biz bilan juda ko'p gaplashadi. U bizning mashg'ulot jaroyonimizni muntazam kuzatib boradi, shuningdek, o'z yordamchilari va Jonga ( Jon Achterberg, "Liverpul" darvozabonlar murabbiyi) 100% ishonadi, shuning uchun u bilan hammasi joyida. "Liverpul U-23" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Maykl Beale Grabarani mashg'ulotlardagi mehnati va o'yindagi harakatlari uchun juda maqtagan edi:
"Kamil juda kuchli futbolchi, yosh bo'lishiga qaramay, o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori. U muammolardan qochmaydi, ularni birin ketin yechishga harakat qiladi. Qiyinchiliklarni yengish uning uchun muammo emas. U kelajakda buyuk darvozabon bo'lishni xohlaydi. Men uning jamoamizda ekanligidan juda xursandman. Lekin, unutmaslik kerakki, u hali juda yosh va ko'p vaqtini mashg'ulotlar uchun sarflamoqda. Shuning uchun u ortiqcha bosimlarsiz, o'z vaqtini iqtidorini rivojlantirishga sarflashi kerak".
Grabara o'z kelajagiga ishonch bilan qaramoqda: " Men mavsum oldi o'yinlarida bir necha daqiqa darvozani qo'riqlaganimdan juda xursandman, "Liverpul"ning asosiy tarkibida o'ynagan har bir daqiqam xotiramda muhrlanib qoldi. Biroq murabbiy ishonchini qozonish uchun qo'limdan kelganini qilishga tayyorman. Ijaraga ketishim mumkinligi haqida xabarlarni ham eshitdim va men buni rad qilmagan bo'lardim. Chunki, hali juda yoshman. Bu men uchun yutqizmaydigan vaziyat: Ijaraga ketamanmi yoki zahira jamosi bilan mashg'ulotlarni davom ettiramanmi farqi yo'q, men uchun muhimi to'xtab qolmaslik. Nima bo'lishini hali kuzatamiz. Men kelajakka optimistik ruhda qarayapaman.
*


Qiyinchiliklar- odamni yanada kuchliroq qiladil
Grabara mehnat qilishdan qochmaydi:
"Men kuniga ikki marta mashg'ulotlarga borardim. Shunday bolalar borki, ular buni xohlashmaydi, mashg'ulotlarni ham qo'l uchida qilishadi. Men esa bor kuchim bilan harakat qilardim. Men "Liverpul"ga kelib qo'shilgach, yarim yilcha o'ynamadim, lekin bu meni to'xtatib qolmasdi, har kuni yanada kuchliroq bo'layotganimni his qilib borardim. Dastlab Liverpulga kelganimda yangi sharoyit, ob havo, yangi ma'daniyat bularga ko'nikish biroz qiyin kechdi. Biroq, qiyinchilik odamni yanada kuchliroq qiladi".
Grabara o'ziga juda ishonadi, kuchli bo'la oladi. "Liverpul" safiga kelib qo'shilgan paytda, "qizillar" yoshlari tarkibida boshqa darvozabonlar ko'p edi.
Saomin Kalleher va Vitaslac Yarosdan tashqari, mahalliy Shamal Jorj, Endi Fert, Jen Aterton lar Grabaradan ustunroq edi. Biroq, Grabara mehnatlari evaziga ulardan ustun keldi. 23 yoshli futbolchilardan iborat jamoa darvozasi unga ishonib topshirildi va Grabara ishonchlarni to'liq oqladi. Shuningdek, Grabara 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Yevropa Chempionlar Ligasida ham qatnashdi.
*


Grabara xatolardan to'g'ri xulosa chiqara oldi
Grabara chaqqon, havoda doyim raqiblardan ustun keladi. To'pni yaxshi ilib oladi, uzoq va yaqin masofalarga to'plarni yaxshi uzatadi. Hozir ikkala oyoqda ishlashni mashq qilmoqda. Jerrard Grabaraning ximoyada "tozalovchi" bo'lishini xohlagandi va biroz oldinda o'ynashini talab qilardi. Grabara buni yaxshi uddalardi va bu ko'pincha jamoa foydasiga ishlardi. Bu harakat Polsha tarkibida xatoga olib keldi. Grabara xatosi sabab jamoa gol o'tkazib yubordi. Bu xatodan keyin Jerrard quyidagicha fikr bildirdi:
"10 dan 9 holatda bunday xatoga yo'l qo'ygan darvozabonlar tushkunlikka tushib qoladi, xato o'ynamaslik uchun harakat qilishadi va xato ketidan xatoni takrorlayverishadi. Biroq, Kamil juda xotirjam va o'z tajribasiga ishonadi. Ishonchim komilki, u oldinga chiqib o'ynashdan qo'rqib qolmaydi".

Grabara haqida ko'p gapirish mumkin, biroq maqolamizni bir fikr bilan yakunlamoqchimiz. Jerrard Grabaraga quyidagicha ta'rif bergandi: "Grabara TOP darvozabon".
Biz esa "Qizillar"ning afsonaviy sardori bilan Grabara borasida bahslashib o'tirmaymiz.
Demak, Grabara - Top darvozabon!.

Sardor Ollamberganov tayyorladi.
Teglar : mulohaza | Grabara | Jerrard
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 1084 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 32
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 28

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog