Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Alisson bugun nechinchi raqam ostida harakat qiladi?

19 avg 2018, 17:01
Bugun Dublin shahridagi "Aviva" arenasida "Liverpul" hamda "Napoli" klublari o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadilar.

Mazkur bahs, yangi xarid qilingan Alisson Bekker uchun "qizillar" safidagi ilk o‘yinga aylanadi. Shuningdek, Roberto Firmino va Trent Aleksander-Arnold ham vanihoyat safga qaytadilar.

Alisson Bekker jamoaga kelib hali raqam tanlaganicha yo‘q, biroq bugun u o‘yin o‘tkazishi kerak. Shu boisdan u 13-raqam ostida uchrashuvni o‘tkazadi. Bu degani Bekker yangi mavsumda ham shu raqam ostida to‘p suradi degani emas. Loris Kariusning raqami braziliyalik posbonga olib berilishi ham mumkin.

Xuddi shunday holat Fabinyo bilan ham yuzaga kelgan. E’tibor qaratgan bo‘lsangiz mazkur yarim himoyachi nazorat uchrashuvlarida 3-raqam libosida harakat qildi. Ammo u ham o‘ziga boshqa raqam tanlashi mumkin.

Ma’lumot uchun, "Liverpul" va "Napoli" bahsi Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.
Teglar : Alisson Bekker | Fabinyo |
Manba : Daily Mail
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 842 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 74
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 68

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog