Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Kardiff" murabbiyi: "Marko "Liverpul"da qoladiganga o‘xshaydi"

19 avg 2018, 17:12
"Liverpul" yarim himoyachisi Marko Gruich o‘tgan mavsum yarmini ijara asosida "Kardiff Siti"da o‘tkazganidan xabaringiz bor. Makzur klub serbiyalik 22 yoshli futbolchini yana bir yilga o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lib turgandi. Biroq aftidan Gruich "mersisaydliklar" safini tark etmaydi. Har holda "Kardiff" ustozi Nil Uornok bu haqda shunday dedi.

"Marko "Liverpul"da qoladiganga o‘xshaydi. O‘ylashimcha, u "Kardiff"da bo‘lsa ajoyib bo‘lardi, lekin uning qarashlarini ham tushunaman. "Qizillar" to‘rtta musobaqada ishtirok etadilar va Gruich o‘ynash uchun imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin. Men o‘ylagan bir qator transferlar amalga oshmay qolmoqda, Markoning kelishi ham kutilgandi... Bu bizni ranjitadi, sababi "Liverpul" bilan hamma narsa kelishib bo‘lingan edi. Ammo ba’zi ishlarni amalga oshishiga taqdir xalaqit beradi", - deydi Uornok.
Teglar : Marko Gruich | Nil Uornok | Intervyular
Manba : Sky Sports
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 639 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 71
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 65

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog