Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Jeyms Pirs muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berdi

18 avg 2018, 19:55
"Liverpul" klubiga eng yaqin bo‘lgan jurnalist Jeyms Pirs (Liverpool Echo muxbiri) "qizillar" muxlislarini qiziqtirgan bir qator savvolarga javob berdi. Hozir e’tiboringizga ana shu suhbatni havola etamiz.

Muxlis: - Men "Liverpul"ning Aaron Remzi bilan qiziqayotgani haqida ko‘p eshitdim, bular qanchalik to‘g‘ri?

J. Pirs: - "Qizillar"ning Remziga bo‘lgan qiziqishi haqida hech nima bilmayman. Uelslik futbolchining kelasi mavsum "Arsenal" bilan shartnomasi nihoyalanadi, shu boisdan uning atrofida ko‘p mish-mishlar aylanmoqda, lekin ayni vaqtda "Liverpul" markaziy yarim himoya bo‘yicha juda yaxshi to‘ldirilgan.

Muxlis: - Gruich hamda Markovich kelajagi bilan bog‘liq yangiliklar bormi?

J. Pirs: - O‘ylashimcha, Gruichning "Kardiff"ga o‘tishi ehtimoli bor. Uning "Latsio"ga o‘tayotgani haqida gaplar bor edi, biroq "Liverpul" serbiyalikka yangi shartnoma taklif qilishga qaror qildi va endi u ijaraga ketadi. Markoning imkoniyatlari yuqori.

Markovichning kelajagi "Liverpul" bilan emas, klub u bilan birga, biroq o‘rtada shoshilinch hech narsa yo‘q. U avgust oyining oxiriga qadar istalgan payt Angliyani tark etishi mumkin. "Olimpiakos", "Xetafe", "Leganes" va "Anderlext" jamoalari unga qiziqishmoqda.

Muxlis: - Nima deb o‘ylaysiz, "Vest Hem"ga qarshi start o‘yinida kimlar yarim himoya markazidan joy oladi?

J. Pirs: - Juda yaxshi savol. Bunga javob berish mushkul. So‘nggi ikki o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng barchasi o‘zgarib ketishi mumkin, ammo hozirgacha ko‘rganlarimga asoslangan holda Fabinyo, Keyta va Milner o‘ynashini aytaman.

Muxlis: - Kristian Pulishich Yurgen Kloppning yaqin oradagi transfer nishonlaridan biri bo‘la oladimi?

J. Pirs: - Menimcha, ha. Hammaga ayonki, Pulishich Kloppni hayratlantira olgan, boss ikki yildan beri uni "Enfild"ga olib kelishga harakat qilyapti, lekin "Borussiya" o‘z yarim himoyachisini sotishni istamayapti.

Qiziqish boshlanganidan beri Pulishich ancha ulg‘aydi, lekin baribir hali ishlashi kerak. Amerikalikning dortmundliklar bilan yana ikki yillik shartnomasi qoldi, agar u klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmasa, kelasi yozda "Liverpul"ning futbolchiga bo‘lgan harakatini kutgan bo‘lardim.

Ehtimol, o‘shanda uning narxi haqiqatga to‘g‘ri kelar. Hozirgi holatda Kristian Klopp tarkibiga muqim joylashib olishi qiyin va shuning uchun "Liverpul" bu futbolchiga 60-70 million sarflamasa kerak.

Muxlis: - Ings uch yil ichida atigi 14 o‘yinda maydonga tushdi va ikki marta tizzasidan operatsiya bo‘lib chiqdi, shunga qaramay yana unga uch baravar qimmat narx qo‘yildi. Bu fantastik biznes bo‘lardi, shunday emasmi?

J. Pirs: - Dastlab o‘yladimki, "Liverpul" Ingsni ortiqcha baholadi, biroq agar siz transfer bozoriga qarasangiz, bu narx mantiqqa to‘g‘ri kelishini tushunasiz. To‘g‘ri, Ingsda jarohatlar bo‘ldi, biroq o‘tgan mavsum u asosan formada bo‘ldi va Denni endigina 26 yosh.

U o‘zini Premier-ligada ko‘rsatgan va uning oldida takliflar bor. Modomiki, Jey Rodriges 20 million tursa, u holda Ings ham bu narxga arziydi. "Liverpul" buncha mablag‘ olishiga ishonadi.

Muxlis: - Kloppga hujumkor yarim himoyachi kerak edi. Ammo 53 millionlik "operatsiya" amalga oshmagach, bunga bo‘lgan ehtiyoj so‘ndi. Nima uchun?

J. Pirs: - Klopp hozirgi vaqtgacha isbotladiki, agar u istagan futbolchini ayni damda olishning iloji bo‘lmasa, u holda kutadi, boshqa variantlarga to‘xtalmaydi. Shubhasiz, Yurgen Nabil Fekirning kelishini istagandi, biroq futbolchining‘ jiddiy jarohatidan so‘ng muzokara to‘xtatildi.

Kloppda pul bor, agar u istasa jamoani yana kuchaytirishi mumkin. Lekin aftidan nemis mutaxassisi qo‘l ostidagi jamoadan rozi.

Muxlis: - Buvach bo‘yicha qandaydir xabarlar bormi? U "Liverpul"ga yetishmayaptimi?

J. Pirs: - Buvach qaytmaydi. Yaqin fursat ichida uning ketishi haqida rasmiy xabar bo‘lishini kutyapman. Jelko Buvach taktik chizgilar bo‘yicha, o‘yin kunlarida juda kerakli bo‘lar edi, biroq o‘tgan mavsum u jamoa ishlarida kam qatnashdi va klubni tark etdi.

Uning ketishi, "qizillarga" salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylamayman. Laynders klubga qaytdi va uning jamoa o‘zagiga hissasi katta. Klopp uning yordamini yuqori baholaydi.

Muxlis: - Agar Ings va Origi jamoani tark etsalar, Firminoga bitta raqobatchi yetarli bo‘ladimi?

J. Pirs: - Ha, Klopp odatda bir hujumchi bilan o‘ynaydi. Ochig‘ini aytganda, Origi ortga qaytib murabbiylarni xursand qiladi deb o‘ylagandim, ammo bu sodir bo‘lmadi. Menimcha, u hamda Ings jamoadan ketishadi.

Bu Starrij va Solankening qolishini anglatadi. Biroz keyinroq bizga Rayan Bryuster ham kelib qo‘shiladi. Daniel Starrij mavsumoldi tayyorgarlik o‘yinlarida o‘zini juda yaxshi namoyish etmoqda.
Teglar : Jeyms Pirs | | Intervyular
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 987 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 32
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 29

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog