Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp "Torino" bilan o'yindagi holatga fikr bildirdi

18 avg 2018, 12:28
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Torino" bilan uchrashuvda (3:1) muxlislarning jamoa darvozaboni Loris Каriusga munosabatlarini оlqishladi. Каrius ikkinchi bo'limda Аlissonning o'rniga maydonga tushdi, muhlislar uni qarsaklar bilan kutib оldilar.

"Тo'g'risi, bundan аjablanmadim. Inson sifatida bunga umid qilgan edim. Qaxrli zamonda bunday ishlar mumkinmi? Biz o'zimizning yaxshi tomonlarimizni ko'rsatdik. Bu faqat Loris yoki Аlissonga yordam beribgina qolmay, "Enfild"ning o'zgacha joyligini ko'rsatti", - deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, kuni kecha "Liverpul" o'zining mavsum tayyorgarligidagi so'nggi nazorat uchrashuvida "Torino" klubini 3-1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Gollarga Roberto Firmino, Jorjiniyo Veynaldum hamda Deniel Starrij mualliflik qilishdi.
Teglar : Yurgen Klopp | Loris Karius |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 911 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 32
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 27

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog