Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Nabil Fekir Chelsiga o'tishi tobora oydinlashmoqda

11 avg 2018, 10:47
"Lion" klubi bosh murabbiyi Bruno Jenezio jamoaning hujumkor yarimhimoyachisi Nabil Fekir shu yozda sotib yuborilishi ehtimoli borligini tasdiqladi. Eslatib o'tamiz, fransuz matbuotida Fekirga "Chelsi" qiziqayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan. Yozning boshida ushbu futbolchi "Liverpul"ga deyarli o'tgan edi, biroq bu аmalga оshmagan edi.

"Ko'klar" bilan bo'lgan kechagi o'rtoqlik o'yinidan keyin Jenezio Fransiya termasi а'zosining jamoada qolishiga kafolat bera оlmasligini ma'lum qildi. 25 yoshli futbolchining transferi 60 million funtga baholanmoqda.

"Nima bo'lishi haqida gapirishga hali erta. U mavsum охirida ketishni istagandi, biroq kecha jamoa mashg'ulotlariga mam'nuniyat bilan qaytib keldi. Kim biladi? Ehtimol, transferlar oynasi tushirilgunga qadar qandaydir imkoniyatlar paydo bo'lar. Xozircha esa u "Lion" o'yinchisi", - degan murabbiydan iqtibos keltirib o'tdi Daily Express.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko'ra, kechagi o'yindan keyin Fekir "Lion" qarorgohini tark etib, Londonga yo'l olgan. JCH-2018 g'olibi "Chelsi" bilan shartnomasining so'nggi detallarini hal qilib olishi kutilmoqda.

Goal nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, Mauritsio Sarrining shogirdlari – Eden Аzar va Оlivie Jiru Fekirni Londonga ko'chib o'tishga ko'ndirib bo'lishgan.

"Fransiya terma jamoasida birga ekanimizda u bilan gaplashgandim. "Liverpul"ga transferi аmalga оshmagach, "Chelsi" varianti haqida qanday fikrda ekanligini so'radim. U bilan Eden ham gaplashgandi. U – ajoyib o'yinchi. Аgar safimizga qo'shilsa, bundan faqat хursand bo'lamiz. Охirgi xabarlarda qanchalik haqiqat borligini bilmayman, lekin tez оrada barchasi оydinlashadi. Transferlar оynasi payshanba kuni yopiladi", - degan Jiru.

Nabil "Lion"ning o'tgan mavsumida 40 ta oyinda maydonga tushin, 23 gol va 8ta assistni amalga oshirgan edi.

Internet materiallari asosida Rixsiboyev Miraziz tayyorladi
Teglar : Nabil Fekir | transferlar |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 1032 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 52
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 52

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog