Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Serxio Ramos Yurgen Kloppga javob berdi

22 avg 2018, 18:29
"Real" sardori Serxio Ramos "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppning tanqidiga javob qaytardi. Nemis mutaxassisi o'tgan haftada bergan intervyusida "Ramos kabi har qanday yo'l bilan g'alaba qozonishni istamasligini" aytgan edi.

"Bu mavzuni muhokama qilishda davom etishni istmasdim, chunki bu haqda ko'p gaprildi. Siz har kimning fikrini hurmat qilishingiz mumkin, men o'z fikrimni aytib bo'lganman. Qaytaraman, men Salahning qo'lidan tutganim yo'q. Umuman olganda u mening qo'limdan tutdi. O'yinlarda bunaqasi bo'lib turadi, ammo menda futbolchi-hamkasbimga zarar yetkazish niyatim bo'lmagan. Balki, Klopp o'sha finaldagi mag'lubiyati uchun o'zini oqlayotgandir, chunki uning uchun bu birinchi mag'lubiyat emas. U o'z ishini bajarib, biz kabi katta tajribaga ega va ko'p vaqtdan buyon yuqori saviya ko'rsatib kelayotganlarni tinch qo'ygani ma'qul. Klopp o'tgan mavsumning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo'ldi, men uning uchun ovoz berganman, balki shu narsauni biroz xotirjam qilar", - deydi Ramos.
*

Teglar : Serxio Ramos | Yurgen Klopp |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool777
Ko`rildi: 1195 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 68
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 62

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog