Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Ragnar Klavan italyan jamoasiga ko'chib o'tishga yaqin

15 avg 2018, 13:02
"Liverpul" himoyachisi Ragnar Klavan Seria A vakili "Kalyari"ga o'tishga yaqin turibdi. Italiyada transfer oynasi bugun yopilishini hisobga olsak, Klavanning ketishi bugun sodir bo'lishi kutilmoqda.

Deyan Lovren va Joel Matipning sog'lig'i borasida muommolar hamda "Vest Hem"ga qarshi asosiy tarkibda tushgan Jo Gomezning tajribasi kamligiga qaramay Klopp himoyachini qo'yib yuborishga qarshi emas. 32 yoshli futbolchi ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko'ra, ikki jamoa transferning yakuniy pallasida turibdi. Shuningdek, Klavan Italiyaga uchgani haqida ham xabarlar paydo bo'ldi.

Mazkur transfer narxi 2 million funt bo'lishi kutilmoqda. Ma'lumot o'rnida, estoniyalik himoyachi "qizillar" tarkibida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Teglar : Ragnar Klavan | Transferlar | "Kalyari"
Manba : This is Anfield
Qo`shdi: NYC
Ko`rildi: 466 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 54
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 51

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog