Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Napoli" prezidenti: "Liverpul" va "Roma" egasi bitta odam deb shubhalanardim"

15 avg 2018, 19:56
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis darvozabon Alissonning "Roma"dan "Liverpul"ga transferi haqida gapirayotib, bu klublarning egasi bitta deb o'ylashi haqida aytdi. 25 yoshli posbon 62,5 mln yevro evaziga ingliz klubiga o'tdi. Yana 10 mln evro bonus sifatida to'lanadi. Bir yil oldin Muhammad Salah ham "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. Ikki klubning egasi amerikaliklar. Jeyms Palotta "Roma"ni boshqaradi, Jon Genri esa"Liverpul"ni.

"Men Alisson uchun "Roma"ga 60 mln yevro taklif qildim, ammo darvozabonni bizga sotishmadi. Keyin u "Liverpul"ga o'tayotganini aytishdi. Doimo "Liverpul" va "Roma" egasi bir kishi deb shubhalanganman. Bir necha yil oldin bu haqida qushcha qulog'imga pichirlab ketgan. Bu haqiqat bo'lsa, uning ikkala jamoasi Chempionlar ligasida ishtirok etishi mumkin emas", - deydi De Laurentis.
Teglar : Aurelio De Laurentis | |
Manba : championat.asia
Qo`shdi: Chamberlain
Ko`rildi: 847 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 60
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 56

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog