Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "Futbolchilarim tanaffusda mening inglizcha talaffuzimga tushunishmagan shekilli"

17 avg 2018, 11:29
Angliya Premer-ligasining 3-turi doirasida "Brayton" (1:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z fikrlarini bildirdi.

"Uch o'yindan keyin 9 ochko... Bu borada negativ fikrlar tug'ilmaydi, ammo o'yinlarni tomosha qilsak, ishlaydigan jihatlarimiz juda ko'p. Ikkinchi bo'limda yomonroq o'ynadik, shoshildik. Futbolchilarim tanaffusda mening inglizcha talaffuzimga tushunishmagan shekilli!

Raqiblarda ham vaziyatlar bo'ldi, Alisson esa ajoyib harakat qildi. Zo'r. U uchun ham, biz uchun ham. U o'z transferi narxi uchun bosimni his qilmoqdami? Biz shartnoma imzolaganimizda sizlar Alissonga bosim o'tkazmoqchi edinglar.

1:0 - men kutgan hisob emas, shunday bo'lsa ham xursandman. Futbolchilar jismoniy jihatdan 100 foizga tayyor emas. Ularga yozgi kichik tanaffus berish kerak emas. Futbolchilar buni to'g'ri tushunishlari kerak. Ular top-darajadagi o'yinchilar. O'yin boshlanguniga qadar bizga og'ir bo'lishini bilgandim. Endi esa buni barcha tushundi",- dedi Klopp.
Teglar : Intervyular | Yurgen Klopp |
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: Scouser
Ko`rildi: 1276 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 78
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 77

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog