Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Adrien Rabyo transferi bo'yicha bog'landi

16 sen 2018, 18:34
PSJ jamoasining yarim himoyachisi Adrien Rabyo qishki transferlar oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. 23 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga yetadi.

Tuttosport nashrining jurnalisti Juzeppa Bozzoning fikricha futbolchi jamoadan ketadi, chunki Rabyog ko'proq o'yin amaliyoti kerak.

"Yangi UEFA qoidalariga ko'ra, yanvarda ham transfer bozori "qaynaydi". Rabyoning shartnomasi 2019-yilda yakunlanishini hisobga olsak, u shartnomani uzaytirmaydi. U ko'proq o'ynamoqchi", - deydi Bozzo. Shuningdek, jurnalistning gaplariga qaraganda, Klopp Rabyo bilan bog'langan holda, transferni muhokama qilishgan.

"Liverpul" qishki transferlar oynasida Rabyo bilan og'zaki kelishuvga erishib, kelasi yozda tekinga futbolchini safga qo'shib olishi mumkin.

Ma'lumot uchun, yarim himoyachi bir necha bor "Liverpul"ga bo'lgan muhabbatini aytib o'tgan.
Teglar : Adrien Rabyo | |
Manba : This is Anfield
Qo`shdi: Chamberlain
Ko`rildi: 896 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 67
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 60

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog