Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Rayan Bryuster: "Bu mavsumda debyut qilishga umid qilaman"

15 sen 2018, 22:09
17 yoshgacha bo'lgan musobaqa Jahon chempioni va to'purari Rayan Bryuster FourFourTwo portaliga intervyu berdi. Yanvar oyida tizzasidan jarohat olgan forvard hozirda sog'ayish ishlarini olib bormoqda.

Bryuster yozda jamoadan ketishi mumkin edi, ammo u yaqinda jamoa bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

"Jamoadan ketish haqida o'ylagandim, ammo bu yerda qolib, birinchi jamoa uchun to'p tepishni xohladim. Lekin, klubda qolish men uchun eng ma'qul qaror edi va bu yerda o'ynashga loyiqligimni isbotlamoqchiman.

Bu mavsumni o'zida debyut qilib, ko'p uchrashuvlarda qatnashishga umid qilyapman. Jarohat olganimda beri juda qiyin bo'ldi, ammo Aleks-Oksleyd Chemberlen menga ko'p yordam qo'lini cho'zdi.

Murabbiy esa jarohatimga qaramay meni asosiy jamoa a'zosi deb qabul qildi.

U menga musobaqa davomida xabarlar yubordi, chempion bo'lganimizda esa qo'ng'iroq qildi.

U menga birinchi marta xabar yuborganida "bu kim ekan?" degandim, chunki men faqat birgina JKni bilardim. Bu Yurgen edi - ko'zlarimga ishonmasdim.

U menga "bu boss" dedi va raqamini saqlab olishni maslahat berdi. Men esa "vauv, u men haqimda ham qayg'urarkan" degandim".
Teglar : Rayan Bryuster | |
Manba : This is Anfield
Qo`shdi: Chamberlain
Ko`rildi: 667 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 61
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 55

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog