Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Jibriel Sisse: "Chempionlar Ligasi finalida Jerrardning gaplarini hech qachon unutmayman"

22 sen 2018, 08:24
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jibriel Sisse RMC nashriga intervyu beryotgan paytda, Chempionlar Ligasining 2005-yilgi finalini esga oldi va bu aqlbovar qilmas kambekda jamoa sardori Stiven Jerrardning o'rni beqiyosligini aytdi. O'shanda, "Liverpul" birinchi taymdan so'ng 3:0 hisobida ortda qolayotgan edi, ammo final oxirida kubokni aynan "qizillar" boshlari uzra ko'tarishgan.

"Men hech qachon 2005-yil ChL finalida Jerrard aytgan gaplarni unutmayman.

Benitez kiyinish xonasiga kirgandi va maslahatlar berib, biz chekinmasligimiz va tezroq gol urishimiz kerakligini aytdi.

Keyin esa Stiven murabbiylar shtabidan xonani tark etishni so'radi, u futbolcholar bilan yolg'iz qolishni xohlagandi. Hamma murabbiylar chiqib turdi, hatto futbolchilarga yordam ko'rsatayotganlari ham.

Stivi o'rnidan turdi hamda "Liverpul" uning bori va u biladigan barcha narsa ekanligini aytdi. Agar uni hurmat qilsak va sardor sifatida yaxshi ko'rsak, o'zimizga kelishimiz va o'yinga qaytishimizni so'radi.

U birinchi golni urdi, penalti ishladi. U qoyilmaqom ikkinchi taymni o'tkazdi, o'yinni o'ng qanot himoyachisi sifatida yakunladi. U ajoyib match o'tkazdi, ammo uning taym orasidagi so'zlari bir umr hotiramga muhrlanib qoladi", - deydi Sisse.
Teglar : Stiven Jerrard | Jibriel Sisse |
Manba : This is Anfield
Qo`shdi: Chamberlain_21
Ko`rildi: 535 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 75
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 68

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog