Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Mane: "Ota-onam men bilan faxrlanishadi

22 sen 2018, 11:08
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane professional faoliyati boshlanishi haqida gapirib berdi.

"Men tug'ilgan qishloqda hech qaysi futbolchi katta chempionatlarda to'p tepmagan edi. Kichkinaligimda ota-onam o'qishim kerakligini aytishardi, chunki ular meni o'qituvchi bo'lishimni istashgan. Ota-onam futbol - vaqtni bekorga sarflash, men hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmayman deb hisoblashardi.

Doimo ularga bu kasb oilamizga yordam beradigan yagona ish deb aytardim. Ota-onam bu gaplarga ko'pam ishonaverishmagan, chunki biz yashaydigan joy poytaxtdan ancha uzoqda edi. Ular futbolchi bo'lishimga qarshilik qilishgan va birinchi professional shartnomamni imzolamagunimcha menga ishonishmagan. Maqsadimga erishish qiyin bo'ldi, biroq men futbolchi bo'lish orzuimni amalga oshirmoqchi edim. Buning uchun borimni berdim, ota-onamda boshqa yo'l qolmaganidan so'ng, ular menga yordam bera boshlashdi. Bugun ular men bilan faxrlanishadi", - deydi Mane.
Teglar : Intervyular | Sadio Mane |
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: Юрген_Клопп
Ko`rildi: 338 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 86
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 79

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog