Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Raqiblarda muammolar davom etadi. Endi "PSJ" yetakchilari "qizillar"ga qarshi o‘ynay olmaydi

14 sen 2018, 21:04
Kelasi haftadan Yevropa Chempionlar Ligasining yangi mavsumiga start beriladi.

Birinchi turning o‘zidayoq muxlislar "Enfild"da super to‘qnashuvga guvoh bo‘ladilar. Bunda "Liverpul" o‘z uyida "PSJ"ni qabul qiladi.

Mazkur bellashuv oldidan Fransiya chempionlarida bir qator muammolar mavjud. Shu kuni parijliklarga Janluijji Buffon, Leyvin Kurzava, Marko Verrati, Daniel Alvesh va Adrien Rabyo kabi ytakchi futbolchilar turli sabablarga ko‘ra yordam bera olishmaydi.

Shuningdek, bugun "PSJ"ning "Sent-Etien"ga qarshi uchrashuvi uchun Neymar ham qaydnomaga kiritilmadi. Ammo buni jarohat sabab deb aytish noto‘g‘ri. Chunki bu haqda hali ma’lumot berilganicha yo‘q.

Aytib o‘tish joizki, joriy mavsumda "Liverpul" raqiblarining bir qator asosiy futbolchilari "mersisaydliklar"ga qarshi bahs oldidan muammolarga duchor bo‘lmoqdalar. "Lester"ga Jeymi Vardi yordam bera olmaganidan so‘ng, ertaga "Tottenhem" bilan bo‘ladigan bahsda Ugo Lyoris va Dele Alli ham "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda o‘z jamoasiga yordam bera olishmaydi.
Teglar : PSJ | YeChL |
Manba : Mirror
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1224 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 75
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 67

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog