Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Salah haqida boshqalar qanday fikrda?

15 sen 2018, 12:59
Mashhur kishilar misrlik iqtidor egasi Muhammad Salah haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

- "Menga u yoqadi. Unda juda katta qobiliyat bor. U xuddi Messiga o'xshab ketadi. U ham chap oyoqda o'ynaydi, tezkor, chaqqon, golga o'ch hamda to'p bilan juda tez". (Ronaldo, braziliyalik sobiq hujumchi).

- "Salahga o'xshab o'ynaydigan men ko'rgan oxirgi futbolchi bu Diego Maradona edi. Salah shu tarzda davom etsa, dunyoning eng kuchli futbolchisi bo'ladi". (Yurgen Klopp, "Liverpul" bosh murabbiyi).

- "Bizdan Umm Kultum va Najib Mahfuz kabilar boshqa chiqmasa kerak. Odamlar Misrga qadimgi yodgorliklarni ko'rish uchun kelishadi. Chunki zamonaviy nimadir bilan maqtana olmaymiz. Lekin Muhammad Salah - maqtansa arziydigan mavzu". (Samuel Tadros, misrlik olim)

- "Salah - alohida futbolchi. U men bilan ishlagan futbolchilar orasida eng kuchlisi. Uni quvib etish uchun mototsikl mingan bo'lishingiz kerak". (Luchano Spalletti, italiyalik murabbiy)

- "U faoliyatining eng yuqori cho'qqisiga chiqib boryapti. U men uchun ayni paytda sayyoramizning eng kuchli futbolchisi". (Steven Jerrard, "Liverpul" sobiq futbolchisi)

- "Uni doim qo'riqlashadi, lekin baribir gol urishni eplaydi. U xuddi bir paytlar Belgiyaga qarshi o'ynagan Maradonaga o'xshaydi. U to'p bilan oldinga ketaveradi, hozirgi futbolda buni bajarish oson emas. Himoyachilar unga qarshichiqqanda hozir to'pni sherigiga uzatadi deb o'ylashadi. Lekin Salah unday qilmaydi, u himoyachini ham aldab keyin darvoza tomon zarba beradi". (Martin Kioun, Angliya termasi sobiq himoyachisi)

- "Salah bu dunyodan tashqarida. Uni men bilan umuman taqqoslab bo'lmaydi. Chunki Salah - boshqa dunyo. Uni bemalol Ronaldu va Messi bilan bir o'ringa qo'ysa bo'ladi". (Robbi Fauler, "Liverpul" sobiq hujumchisi)

- "U - buyuk futbolchi. U o'yinni o'zgartirib yuboradi. Bu ishni Messi va Ronaldu 10 yildan beri qilib kelyapti. Endi Salah ham ular safiga qo'shildi". (Rivaldo, braziliyalik sobiq yarim himoyachi)

- "Men Olimpiada o'yinlarida Salahning Marseloga qarshi nimalar qilganini ko'rganman. O'shanda Marselo qo'rqib ketgandi. Xuddi shuningdek, "Roma" - "Real" uchrashuvida ham Salah Marseloga umuman imkoniyat qoldirmagandi". (Muhammad Abutrika, Misr termasi sobiq futbolchisi)

- "Xo'sh, nima desam ekan... U Menga Messini eslatib yuboradi. Chunki Messida bor xususiyat unda ham bor". (Ian Rayt, sobiq futbolchi)

- "Uni to'xtatish qiyin. U seni chap oyoqda bemalol aldab ketadi. U tezkor, u kuchli, u ko'p gol uradi. U - maydondagi boss". (Dide Drogba, mashhur hujumchi)

- "Oxirgi paytlarda dunyoning eng kuchli ikki futbolchisi Messi bilan Ronaldu haqida ko'p gapirdik. Lekin o'tgan mavsum Salah eng yaxshi bo'ldi. U Misrni jahon chempionatiga olib chiqdi. Qolaversa, eng qiyin chempionatda o'ynaydi". (Ian Rash, "Liverpul" afsonasi)

- "Salah nihoyatda kuchli futbolchi. U har doim yaxshi o'yin namoyish etib kelmoqda. U shubhasiz dunyoning eng kuchli o'yinchisi bo'la oladi". (Alessandro Del Pero, "Yuventus" afsonasi)
Teglar : Muhammad Salah | |
Manba : championat.asia
Qo`shdi: NYC
Ko`rildi: 851 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 90
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 89

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog