Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp: "Uchrashuv bugun bo‘lganida Bobbi o‘ynay olmasdi"

17 sen 2018, 18:43
Biroz oldin "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp Chempionlar Ligasi doirasida "PSJ" bilan o‘yin oldidan matbuot-anjumanida qatnashdi.

Unda jurnalistlarning nemis mutaxassisiga berilgan ilk savollari jamoa yetakchisi Roberto Firminoning ertangi o‘yindagi ishtiroki to‘g‘risida bo‘ldi. Bunga esa Klopp quyidagicha javob qaytardi:

"Hali hech narsa aniq emas. Agar uchrashuvimiz bugun bo‘lganida uning ishtiroki uchun aniq imkoniyat yo‘q edi. Ammo bahs ertaga. Bu yaxshi yangilik. Vaziyatni kuzatamiz".

Eslatib o‘tamiz, Firmino "Tottenhem"ga qarchi kechgan (2:1) bahsda Vertongenning qo‘llari uning ko‘ziga kirib ketganidan so‘ng shikastlanib, maydonni erta tark etgandi.
Teglar : Yurgen Klopp | Roberto Firmino | Intervyular
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 791 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 80
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 80

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog