Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salah: “Liverpul” bu mavsumda APL va YeChLni yutishga qodir”

11 sen 2018, 08:42
“Liverpul” yarim himoyachisi Muhammad Salahning ishonishicha, mersisaydliklar joriy mavsumda YeChL va APLda g'olib chiqish imkoniyatiga ega. 18 sentyabr kuni Klopp jamoasi YeChL guruh bosqichida ishtirokini PSJga qarshi boshlaydi.

“YeChLdagi har bir o'yin o'ziga xos, betakror ahamiyatga ega. O'ylashimcha, “Liverpul” yana finalga qadar etib bora oladi. Bu yil bu turnirni yuta olishimizga ishonaman. Umuman APL va YeChLda g'olib chiqishga qurbimiz etadi. Jamoaga ortiqcha bosim yuklamoqchi emasman, ammo bu ishni bajarish qo'limizdan keladi.

PSJ yaxshi jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar jamlangan. Bu jamoaga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutayapman. Yoqimli va qiziqarli bellashuv bo'lishiga umid qilayapman”, - deya Salahning so'zlaridan iqtbos keltirmoqda France Football.
Teglar : Muhammad Salah | |
Manba : championat.asia
Qo`shdi: AlexOxChamberlain
Ko`rildi: 400 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 42
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 42

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog