Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Maqola. "Liverpul"ning APLda qayd etayotgan natijalari va o'yini xaqida

17 sen 2018, 23:04
Assalom-u Aleykum! Bugun ushbu maqolamiz orqali "Liverpul"ning joriy mavsum Angliya Primyer-ligasida qayd etayotgan natijalariga va namoyish etayotgan o'yiniga nazar tashlaymiz.

Demak, dastlab "Liverpul"ning joriy mavsum APLda o'tkazgan o'yinlarini sizga eslatib o'tsak maqsad muvofiq bo'ladi:

12.08.2018 / "Liverpul" 4:0 "Vest Xem"
20.08.2018 / "Kristall Pelas" 0:2 "Liverpul"
25.08.2018 / "Liverpul" 1:0 "Brayton"
01.09.2018 / "Lester siti" 1:2 "Liverpul"
15.09.2018 / "Tottenxem" 1:2 "Liverpul"
O'yinlar: 5 ta
Kiritilgan to'plar: 11 ta
O'tkazib yuborilgan to'plar: 2 ta
Bitta o'yinda o'rtacha beriladigan zarbalar: 16,5 ta
Bitta o'yinda o'rtacha to'pni nazorat qilish foizlarda: 54,9%
Ogohlantirishlar soni: 5 ta sariq, 0 ta qizil kartochka.

*

Endi esa boshqa qiziqarli statistikalarni e'tiboringizga xavola qilamiz:
- "Liverpul" safida APL doirasida joriy mavsum eng ko'p xarakat qilgan futbolchi 432 daqiqa bilan Sadio Mane bo'lib turibdi, undan keyingi o'rinlarda Muhammad Salah 428 daqiqa va Jeyms Milner 427 daqiqa bilan borishmoqda.
- "Liverpul" safida APL doirasida joriy mavsum eng ko'p gol kiritayotgan futbolchi ham Sadio Mane xisoblanadi. Uning xisobida 4 ta gol mavjud. Lekin u xozircha sheriklariga birorta ham gollipas oshirmagan, kutib qolamiz.
- "Liverpul" safida APL doirasida joriy mavsum eng ko'p gollipas oshirayotgan futbolchilar ro'yhatida Jeyms Milner, Roberto Firmino va Endryu Robertson 2 tadan asist bilan birinchi pog'onani band qilib turishibdi. Ulardan keyingi o'rinni Muhammad Salah 1 ta asist bilan egallab turibdi.
- "Liverpul" safida APL doirasida joriy mavsum eng ko'p ogohlantirilayotgan futbolchi bu Aleksandr Trent-Arnold xisoblanadi. Xakamlar unga xozircha 3 ta sariq kartochka ko'rsatishga ulgurishgan. Qolgan 2 ta sariq kartochkalar Jeyms Milner va Virjil Van Deykning "xisobi"da turibdi. Qiziqarli va xursand qiladigan xolat shundaki "Qizillar"ning joriy mavsum APLdagi barcha 5 ta uchrashuvida 90 daqiqa xarakat qilgan yosh iqtidorli markaziy ximoyachimiz Jo Gomez xozircha umuman ogohlantirish ishlab olmasdan, raqiblarini xavfsizlantirishga muvaffaq bo'lmoqda.
- "Liverpul" safida APL doirasida joriy mavsum eng ko'p xavodagi kurashlarda g'olib chiqgan futbolchi bu albatta "uchar golland" Virjil Van Deyk. Van Deyk o'zi ishtirok etgan xavodagi kurashlarning 3.8% (5.0% lik baxolash sistemasidan) ni bartaraf etishga muvaffaq bo'lgan. Undan keyingi o'rinda Jo Gomez 2.8% lik ko'rsatkich bilan bormoqda.
- "Liverpul" APL doirasida joriy mavsum kiritgan gollarining 6 tasini jamoaviy kombinatsiya orqali, 3 tasini standart vaziyatlardan so'ng, 1 tasini qarshi xujumdan keyin kiritgan bo'lsa, qolgan 1 tasini raqib futbolchisi o'z darvozasiga "joylab" qo'ygan.
- "Liverpul" APL doirasida joriy mavsum bitta o'yinda o'rtacha 532 ta qisqa, 52 ta uzoq masofaga, 17 ta kross va 2 ta aylanma uslubdagi paslarni amalga oshiradi.
- "Liverpul" APL doirasida joriy mavsum ham o'z xujumlarini ko'proq qanotlardan amalga oshirmoqda. Statistika ko'z yugurtiradigan bo'lsak "Qizillar" 36% xujumlarini chap, 35% xujumlarini esa o'ng qanotdan amalga oshirmoqda. Markazdan xujum qilish foizi esa 28% ni tashkil qilmoqda.
- "Liverpul" APL doirasida joriy mavsum to'pni ko'proq maydon markazida (49%) nazorat qilmoqda. Bu foiz xujumda 31% ni, ximoyada esa 22% ni tashkil qiladi.
- "Liverpul" APL doirasida joriy mavsum raqib darvozalariga yo'llagan zarbalarining 73% ni maydonning o'rta qismidan, 16% ni maydonning chap tomonidan, qolgan 11% ni esa maydonning o'ng tomonidan yo'llashgan.

*

Statistik ma'lumotlardan so'ng, endi jamoa ko'rsatayotgan o'yin xaqida so'z yurutsak. Yurgen Klopp "Liverpul"ni joriy mavsumga o'tgan mavsumga qaraganda anchagina yaxshi tayyorlaganini ko'rmoqdamiz. To'g'ri o'tgan mavsumda ham jamoa yaxshi o'yinlar namoyish etdi. Ammo o'tgan mavsum jamoaning darvozabon va ximoya chizig'ida anchagina muammolar mavjud edi. Ushbu mavsumda esa darvozaga Braziliyalik Alisson Bekker sotib olindi va bu muammo bus butkul xal etildi. O'thgan mavsum qishgi transfer bozori vaqtida xarid qilingan Virjil Van Deyk boshchiligidagi "Qizillar" ximoyasini esa joriy mavsum shunchaki yorib o'tishning deyarli iloji bo'lmayapti. Dunyoning eng qimmat ximoyachisi Van Deyk nafaqat ximoyada balki xujumda xam anchagina faollik ko'rsatmoqda, ayniqsa standart vaziyatlarda uning bo'yi uzun ekanligi jamoaga xam ximoyada xam xujumda birdek as qotmoqda. Qanot ximoyachilari Arnold hamda Robertsonlar xam xujumda xam ximoyada sifatli o'yin namoyish etib kelishhmoqda. Ular ximoyada ulgurishmagan vaqtlarda tinib tinchimas Milner va ushbu mavsum o'yindan o'yinga ochilib borayotgan Veynaldum ularga yordamga oshiqishmoqda.

*

Deyan Lovrenning jaroxati sababli asosiy tarkibda muntazam maydonga tushirilayotgan Jo Gomez esa The Normal One ning ishonchini to'liq oqlamoqda desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Meni balki sizni ham qiziqtirayotgan bir savol suv yuziga qalqib chiqayotganligiga e'tibor qaratsak. Kechagi xabarlarni o'qigan bo'lsangiz kerak Lovren mashg'ulotlarga qaytdi. Endi kelgusi o'yinlarda asosiy tarkibda qaysi ximoyachini maydonga tushurgan ma'qul Gomez yoki Lovren? Shaxsiy fikrimni bildiradigan bo'lsam xozir yaxshi formada bo'lib turgan va asosiysi ximoya markazida Van Deyk bilan birgalikda yaxshi tandem xosil qilib kelayotgan Jo Gomezni tanlagan bo'lar edim. To'g'ri Deyan Lovrenning tajribasi va mahoratiga shubxam yo'q, ammo u endi jaroxatidan tuzalmoqda va optimal formaga kirib, jamoaviy o'yinga qo'shilib keta olishi uchun bir nechta o'yin kerak bo'ladi. Yana Lovrenning ora-orada tushuradigan "qovun"laridan xam anchagina "to'yib" qolganimiz bor gap. Agar Gomez asosiy tarkibda maydonga tushirilaversa u Van Deykdan ko'p narsani o'rganib oladi va u kabi TOP darajali ximoyachi bo'lib yetishishi uchun bu juda ham as qotadi. Futbol tarixida ko'plab zaxira futbolchilari asosiy tarkib futbolchilari jaroxat olganlaridan so'ng maydonga tushirilgach o'zlarini ko'rsata olib keyinchalik esa yulduz darajasigacha chiqgan ko'plab futbolchilarni taniymiz, bilamiz. Balkim biz ham bir qancha vaqtlardan so'ng Gomezni ana o'sha yuqorida aytib o'tilgan "omadlilar" ro'yhatiga qo'shib gapirishni boshlarmiz? Bo'lishi mumkin, ilojsiz ishning o'zi yo'q deyishadiku, shunday emasmi?

*

Yarimximoyada esa xozircha qo'rqmasdan xech qanday muammo yo'q deyishimiz mumkin. O'tgan mavsum yarimximoyada faqat bir xil uchlik yoki to'rtliklarni ko'rar edik. Ammo bu mavsum Klopp jamoadan erkin agent sifatida ketgan Emre Janning o'rniga 2 ta yaxshi darajali yarimximoyachilarni olib keldi, bundan tashqari esa yoshlar jamoasidan ham bir qator yosh futbolchilar bosh jamoaga jalb qilindi. Endi rotatsiya borasida Kloppda muammo bo'lmaydi va charchab qolgan futbolchilar o'z vaqtida dam olishlari mumkin bo'ladi. Bu esa tabiiyki futbolchilarni jaroxat olishini oldini oladi. Xujum chizig'ida esa sog'lom raqobat o'zining avj pallasiga chiqib bormoqda. Sadio Mane va Muhammad Salah gol kiritish bo'yicha "quvlashmachoq"ni allaqachon boshlab yuborishgan. Klopp:"Bizning birinchi raqamli ximoyachimiz" - deb atagan Firmino esa gol kiritishdan ko'ra ko'proq raqib ximoyachilarni chalg'itgan xolda Mane va Salahga bo'sh zona yaratib berishda jonbozlik ko'rsatmoqda. Zahirada esa Shakiri, Starridj, Origi va boshqa yosh xujumchilar o'z imkoniyatlarini kutishmoqda. Klopp yaratgan jamoa joriy mavsumda o'zining mukammal ko'rinishiga kelib ulgurdi va endi bu jamoa natija ko'rsatadigan vaqt yetib keldi deb o'ylayman. Futbolchilar ham sovrinlarga juda chanqoq ekanliklarini bir necha bor o'z intervyularida aytib o'tishdi. Biz esa bu xaqida deyarli xar kuni gapiramiz va kutishda davom etamiz, zero sabrning tagi sariq oltin deb aytishgan ajdodlarimiz. Mavsum davomida nimalar ro'y berishini esa biz siz bilan birgalikda kuzatishda davom etamiz va sevimli klubimiz ko'rsatayotgan o'yiniga xech qachon ko'z tegmasligini va g'alabalarimiz bardavom bo'lishini yaratgandan so'rab qolamiz! Xato va kamchiliklar uchun uzr, e'tiboringiz uchun tashakkur!

Maqolani Sunnat Raupov tayyorladi.
Teglar : APL | Klopp |
Manba : Liverpul.Uz
Qo`shdi: ROBERTSON_26
Ko`rildi: 1032 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 51
» Foydalanuvchilar: 12
» Mexmonlar: 39

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog