Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Chelsi"ga qarshi bahsda "Liverpul" darvozasini kim qo'riqlashi ma'lum bo'ldi

17 sen 2018, 19:51
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Chelsi"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya liga Kubogi uchrashuvida kimlar maydonga tushishini aytdi.

"Men ikkilanmayotgan yagona pozitsiya -bu darvozabon. Minyole asosiy tarkibda maydonga tushadi. Boshqalar borasida qarorni ertaga qabul qilaman. Ishoning, kuchli jamoa bo'ladi va asosiy futbolchilarimizni almashtirmaymiz.

Origi va Lallana safga qaytishga yaqin, ammo ular hozircha tayyor emas. Lovren to'rtta mashg'ulot o'tkazdi va Solanke kabi maydonga chiqishga tayyor. Van Deyk haqida gapiradigan bo'lsam, u haqida hali qaror qabul qilganim yo'q", - deydi Klopp.

"Chelsi"ga qarshi bahs Minyole uchun joriy mavsumdagi birinchi uchrashuv bo'ladi. Avvalgi o'yinlarda "Liverpul" darvozasini Alison Bekker qo'riqladi.
Teglar : Intervyular | Yurgen Klopp |
Manba : Championat.asia
Qo`shdi: Scouser
Ko`rildi: 473 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 32
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 30

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog