Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "Liverpul" Azarga qo'riqchi qo'ymaydi"

17 sen 2018, 13:49
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Chelsi"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 7-tur uchrashuvidan oldin londonliklar yarim himoyachisi Eden Azarga alohida futbolchini biriktirmasligini aytdi.

"Borussiya"da ishlaganimda "Real" bilan o'yinda Xabi Alonsoga Mario Gyotzeni qo'riqchi qilib qo'ygandim, ammo bu safar bunday qilmaymiz. Azarga hech kimni biriktirmaymiz, chunki u juda egiluvchan futbolchi. U hujumning barcha tomonlarida harakat qiladi. Xabi Alonso esa qayerda o'ynashi aniq edi. Bu vaziyatlar o'rtasida farq katta.

Azarni juda hurmat qilaman. U menga yoqadi. Ha, qiyin bo'ladi, biroq biz kerakli barcha ishni amalga oshiramiz, unga bo'sh hudud bermaymiz",- deydi Klopp.

"Chelsi" - "Liverpul" uchrashuvi bugun 29-sentabr kuni "Stemford Brij"da Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
Teglar : Yurgen Klopp | Eden Azar |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: NYC
Ko`rildi: 380 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 72
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 69

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog