Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "Durangga haqli edik, natijadan qoniqdim"

11 sen 2018, 10:33
Kecha bo‘lib o‘tgan "Chelsi" va "Liverpul" (1:1) o‘yinidan so‘ng "qizillar" ustozi Yurgen Klopp matbuot-anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. E’tiboringizni shunga jalb qilamiz.

"Albatta, biz durangga haqli edik. Bu o‘yinda yutishimiz ham mumkin edi, biroq baribir natijadan mamnunman. Har ikki jamoa ham ushbu ochkolarga loyiq edi, ammo bizda imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. Chorshanba kuni ham bizda vaziyatlar ko‘proq bo‘lgandi. "Chelsi" - superjamoa, ularga qarshi o‘ynash doimo qiyin, lekin biz muvaffaqiyatga erisha oldik.

O‘tgan safar ham Starrijda shunday vaziyat yuzaga kelgandi, biroq uning tepgan to‘pi to‘singa borib urilgandi. U fantastik futbolchi, Deni mavsum avvalida tayyorgarlik jarayonini to‘liq o‘tkazdi. Hozir esa u men bilganimdan beri barcha paytlardagi eng ajoyib formasida. Uning uchun xursandman. Starrij mashg‘ulotlarda qattiq ter to‘kadi, u juda yaxshi yigit. Hozir u kiyim almashtirish xonasiga kelganida juda shovqin bo‘ldi, barcha uning uchun mamnun edi. Daniel juda yaxshi formada.

Foydalanilmagan imkoniyatlardan xafamanmi? Buni o‘ylamayapman. Bu futbol, unda bu sodir bo‘lib turadi. Bizga o‘xshagan yaxshi jamoalargina imkoniyat yarata oladi. Ba’zida ularni urasan, ba’zida esa yo‘q. Har doim keyingi imkoniyatdan foydalanishga yaqin bo‘lasan, ammo u yuzaga kelmay qoladi. Biz yaxshi futbol ko‘rsatdik. "Chelsi" haqida ko‘p gapirdim, ular haqiqatdan ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi, lekin biz ham yaxshi himoyalandik.

Salah nega olindi? Agar o‘zgarish jarohat bilan bog‘liq bo‘lmasa, bilingki bu taktik almashinuv. Muhammadda jarohat yo‘q edi. Men anglab yetdim, sizlar bundan hayron bo‘ldingiz, biroq bu futbol. Bu Salah uchun yaxshi o‘yin bo‘lmadi, ammo yana bir necha shunday o‘yinlardan so‘ng u jahon darajasidagi o‘yinchiga aylanadi. Ba’zida sening kuning bo‘lmaydi, xatolar qilasan. Bu bo‘lib turadi, qo‘rqinchli joyi yo‘q",
- deydi Klopp.
Teglar : Yurgen Klopp | Intervyular |
Manba : Sky Sports
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 751 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 52
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 52

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog