Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Arsenal" yarim himoyachisi "Liverpul"ga o'tishi mumkin

11 sen 2018, 20:13
"Arsenal"ning uelslik yarim himoyachisi Aron Remzi kelayotgan transferlar oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Remzini shartnomasi kelasi yilda o'z nihoyasi yetadi va hozircha "Arsenal" va futbolchi yangi shartnoma borasida bir to'xtamga kela olganicha yo'q.

Futbolchiga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirayotganligi haqida ma'lumotdan keyin, Mirror nashrining yozishicha, endilikda Remzi uchun "qizillar" ham kurashga qo'shilgan. Manbaga ko'ra, "Liverpul" yozda Remzi uchun taklif bilan ham chiqqan, ammo bu "to'pchilar" tomonidan rad etilgan.

Manbaning yozishicha, Klopp futbolchiga bo'lgan qiziqishini hali yo'qotmagan va uni tekinga tarkibga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Teglar : Aron Remzi | Transferlar |
Manba : Daily Express
Qo`shdi: AlexOxChamberlain
Ko`rildi: 1719 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 72
» Foydalanuvchilar: 9
» Mexmonlar: 63

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog