Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp: "Biz bilan "Napoli"ning orasida katta farq yo‘q"

17 okt 2018, 06:30
"Liverpul" murabbiyi Yurgen Klopp "Napoli"ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot-anjumanida ishtirok etdi. U bir qator savollarga javob berdi.

"Aslida kutilayotgan o‘yindan boshqa o‘yinni o‘ylash mushkul ("Siti"ga qarshi muhim o‘yin oldidan rotatsiya bo‘ladimi deya savol berilgandi). Shunday ekan, hozir bor e’tiborimiz kutilayotgan uchrashuvimizga qaratilgan. Hozir tarkibimizda hammasi yaxshi, shu bois bundan foydalanishimiz lozim. Biz tarkibda bitta, ikkita yoki ko‘proq o‘zgarish amalga oshirishimiz mumkin. Butun diqqatimiz "Napoli" bilan bahsga qaratilgan. Yaxshi formadamiz, yaxshi ritmdamiz, bundan unumli foydalanish kerak hamda ajoyib o‘yin o‘tkazishimiz darkor. Bunday deyish noto‘g‘ri: "O yaxshi, bu YeChL o‘yini Neapolda bo‘ladi, keling tarkibda 5-6 o‘zgarish qilamiz, axir keyingi o‘yinimiz "Siti" bilan. Keyin "Siti"ga qarshi yana 5-6 ta o‘zgarish qilishimiz kerak, sabab chorshanba kuni bir qator futbolchilar o‘ynagan". Hammasi qiyin, to‘g‘ri. Keling yaxshisi shu bellashuvga to‘xtalaylik, keyin bemalol "Manchester Siti" haqida o‘ylaymiz.

Menga Karlo yoqadi. Uni juda hurmat qilaman. Bu dunyo darajasidagi mutaxassis, futbolchilari ham shunday. Germaniyada aytganimdek - u ayyor tulki. "Napoli"- kuchli jamoa, lekin xursand qiladigani biz ham ajoyib futbol o‘ynaymiz. Ertaga buyuk jamoa va emotsional muxlislarga ega bo‘lgan raqibga qarshi o‘ynaymiz. "Napoli" bilan bizning o‘rtamizda katta farqni ko‘rmayapman. Stadiondagi muhit - doimo ustunlik taqdim etadi. Men bundan lazzatlanaman.

Mavsum avvalidagi 5:0 hisobidagi g‘alaba? Bu tayyorgarlik jarayonidagi bellashuv edi. Boshqa hech nima emas. Biz deyarli yuzaga kelgan imkoniyatlarimizdan foydalangandik, "Napoli"da ham vaziyatlar ko‘p bo‘lgandi, biroq omad yuz o‘girgandi. Bu ahamiyatsiz. Ushbu bahsni biror marta hatto bir soniyaga bo‘lsa ham muhokama qilmadik.

Tarkib bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q, hamma futbolchilar yaxshi holatda. Virjilda hammasi joyida. Divok Origi ham umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shildi, u hozir yaxshi formada, bu yaxshi yangilik.

"Napoli"ning hozirgi holati? "Yuventus" bilan oxirgi uchrashuvlari yomon o‘tmadi. Ular yaxshi formadalar, ligada ikkinchi bo‘lib turish, bu ajoyib natija. Biz shanba kuni Maurisio Sarri va uning yangi jamoasi bilan to‘qnash kelgandik, endi esa Sarrining eski jamoasi bilan o‘ynaymiz. Bu qiziq bahs bo‘lishi kerak. Bu aynan Sarri jamoasi emas, boisi ular Jorjinyoni yo‘qotganlar, undan tashqari o‘yin uslublari ham o‘zgargan, ammo hujumda juda tezkorlar, ajoyib futbolchilar jamlangan, pressinglari ham yaxshi... Umuman olganda qiziq o‘yin bo‘ladi",
- deydi Klopp.
Teglar : Yurgen Klopp | Napoli | Intervyular
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 626 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 42
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 37

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog