Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Nabi Keyta "Napoli" bilan o‘yinda jarohat oldi

11 okt 2018, 06:03
Kecha Chempionlar Ligasi doirasida "Liverpul" 0:1 hisobida "Napoli"ga yutqazib qo‘ydi. Mazkur bahsning 19-daqiqasida "qizillar"ning gvineyalik yarim himoyachisi Nabi Keyta jarohat sabab o‘yinni juda erta tark etdi. Uning o‘rniga uchrashuv qolgan vaqtini Jordan Henderson davom ettirdi.

Bahs yakunidan so‘ng "mersisaydliklar" ustozi Yurgen Klopp Keytaning belidan jarohat olgani va hozircha u haqida biror nima deya olmasligini ma’lum qildi.

Shunday qilib, Keytaning yakshanba kuni "Manchester Siti"ga qarshi bo‘ladigan o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida bo‘lib qolyapti.
Teglar : Nabi Keyta | | Jarohatlar
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 714 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 67
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 59

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog