Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Qizillar" hikoyalari. Jozef Gomez

17 okt 2018, 08:59
Bolalik yillari
"Men 4 yashar paytimda do'stim Entoni onasi bilan biznikiga mehmonga kelishdi. Entoni menga koptok o'ynashni taklif qildi, men darrov rozi bo'ldim. Mana shu tarzda hammasi boshlangandi".
O'sha kundan boshlab Jozefning koptokga bo'lgan mehri uyg'ongandi. U har kuni qo'shni bolalar bilan koptok o'ynashga chiqardi. Otasi uni qo'shni mahalladagi kattaroq bolalar futbol o'ynaydigan maydonga olib borardi. Keyinroq otasi qo'shni bolalarni yig'ib jamoa sifatida ularga murabbiylik qilardi. Albatta bularning hammasi o'g'li Jozef uchun. 9 yoshli Jozef Angliyaning 8-divizioni jamoalaridan biri akademiyasida shug'ullanardi. O'sha paytlari Jozefni "Charlton Atletik" jamoasiga ko'rik uchun yuborishadi. 6 hafta davom etgan ko'rikdan keyin, "Charlton" dagilar Jozefni qabul qilishni xohlashmadi. O'sha yillari "Charlton" akademiyasi Angliyaning eng kuchli futbol akademiyalaridan biri hisoblanar va u yerga kirish oson emasdi. Klubdagilar Jozefni hali tayyor emas deb hisoblashgandi.
" Bu menga qattiq zarba bo'lgandi, oilamdagilar "Charlton"ni yomon ko'rib qolishgandi" - Jozef Gomez.

Bir necha oydan keyin "Charlton"dagilar yana Jozefni kuzatishga kelishdi. Bu paytda Gomez ancha tajriba orttirishga, o'z o'yinini o'stirishga muvaffaq bo'lgandi. Bir hafta o'tgandan keyin "Charlton" Jozef bilan shartnoma imzoladi. O'sha paytlari "Charlton" APL ning o'rtameyona jamoalaridan biri edi. Jamoada Darren Bent, Aleksey Smertin kabi futbolchilar to'p surishardi.
"Charlton" akdemiyasida dastlabki yillari Gomez ko'proq e'tiborini jismoniy tayyorgarlikka qaratdi.
" Men yetarlicha kuchli va tezkor emasdim. Jamoamdagilar mendan ko'ra ancha ustunroq edilar".
Shu bilan birgalik Gomez televizor orqali Ferdinant, Terri va Karreger kabi ximoyachilarning o'yinlarini diqqat bilan kuzatar va ulardan o'rganishga harakat qilardi.
Jozef tez o'sishga erishdi 13 yoshida 18 yoshlilar jamoasida debyut qilishga muvaffaq bo'ldi.
*

"Charlton" dagi faoliyati
"Bizning akademiyada juda kuchli futbolchi o'sib borayotgandi, Gomez bolaligidan professional edi. Klubdagi hech kim u haqida yomon so'zlar ayta olmaydi"- deya hikoya qiladi, Gomez bilan ko'p vaqtini birga o'tkazgan jamoa murabbiyi Jeyson Euell.
17 yoshiga uch oy qolganda Gomez chempionshipda "Charlton" asosiy tarkibida o'z debyutini o'tkazdi.
Dastlabki yilning o'zida 24 ta o'yinda ( 18 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushdi. Jozef asosiyda tarkibda maydonga tushgan 14 ta uchrashuvdan 4 tasida jamoasi mag'lubiyatga uchradi. Mavsum oxirida Jozef "Charlton"ning "Eng yaxshi yosh futbolchi"si sovrinini qo'lga kiritdi va "Chempionship"ning "Eng yaxshi yosh futbolchisi" sovrini uchun nomzodlar qatoriga kirishga muvaffaq bo'ldi.

Bir necha oydan keyin Jozef Angliyaning 17 yoshgacha futbolchilari terma jamoasi tarkibida Malta safar qildi.
Safardan o'z tug'ilgan kuni arafasidan qaytgan Jozef asosiy sovg'ani o'zi bilan olib qaytgandi: uning bo'ynida Yevropa Chempionati oltin medallari yaraqlab turardi.
*
Angliyaning o'sha tarkibidan hozirgi paytda bir nechta futbolchilar APL da to'p surishadi: Jonjo Kenni ( Everton), Lyuis Kuk ( Bornmunt) va Dominik Solanke. Qolgan futbolchilar Angliyaning pastroq divizionlarida yoki boshqa davlatlarning nisbatan kuchsizroq ligalarda to'p surib kelishmoqda. Hattoki APL da to'p surayotganlarda ham hammasi yaxshi ketayotgani yo'q.
Kenni "Everton" tarkibida o'ng qanot ximoyasida hech kim qolmagan payt o'yinga tushayotgan bo'lsa, Solanke o'tgan mavsum "Liverpul" tarkibida ishonchni oqlay olmadi va zahirada o'tirishga majbur bo'lmoqda. Lekin, Yevropa chempionatida Solanke jamoaning asosiy to'purari va eng iqtidorli yosh futbolchi sifatida qaralayotgan edi. Kuk va Jozef esa o'zlarini yaxshi nomoyon qilishmoqda. Aytgancha aynan Lyuis Kuk Chempionshipning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishni uddalagandi.
Chempionshipdagi ajoyib debyut va Angliya yoshlari tarkibidagi ishonchli o'yinlari sabab Jozefga bir qancha grand klublaridan takliflar kela boshladi. "Arsenal", "Chelsi" va "Liverpul" klublari vakillari Jozefning ota-onasi bilan bog'lanishgan. "Liverpul" Jozefni 14 yoshidan beri kuzatib kelishayotgan edilar.
Gomezning o'zi esa shunchaki "Charlton" uchun o'ynashni va ko'chib o'tish haqida o'ylamayotgan edi:
" Men hech narsani bilmayman. Lekin, ota-onam meni futboldan zavqlanishimni xohlardi, ular meni agentlar va skautlardan ximoya qilishga urinishardi".
"Charlton" da o'sha payt judayam ko'plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqayotgan edi. Ularning Gomezdan tashqari hammasini "Chelsi" qo'lga kiritdi.
Gomezning ota-onasi o'g'lining boshqa jamoaga ko'chib o'tishidan yaxshigina pul ishlab olishlari mumkin edi. Biroq ular qaysi jamoani tanlashni Jozefning o'ziga qo'yib berishdi. Jozef esa "Liverpul"ni tanladi.
"Liverpul" dagi faoliyati. Jaroxatlar
Gomez bilan shartnoma imzolashda Brendan Rojersning yordamchisi Shon Odirskoll faol qatnashdi:
" Gomezning nemislarga qarshi o'yini muhokama qilarkanmiz, biz hayratda qolgandik. U shunchaki super harakatlanadi. Judayam kamdan kam hollarda biz yosh futbolchilarni kuzatganda hayratda qolardik. Gomez aynan shunday futbolchi edi".
"Liverpul" 18 yoshli markaziy ximoyachi uchun 3,5 mln funt to'ladi. 2015-yillar uchun bu juda yaxshi narx edi. Solishtirish uchun, bir yil o'tib "Manchester Siti" Jon Stounz uchun 47,5 mln to'ladi.
O'z karerasining katta qismini Gomez markaziy ximoyada o'ynash bilan o'tkazdi. "Liverpul"da unga yangi joyda o'ynashga majbur bo'ldi. Rojers qo'l ostida Jozef dastlabki 7 ta uchrashuvda chap qanot ximoyasi to'p surdi. Gomez o'zi odatlanmagan chap qanot ximoyasida ham ajoyib o'yinlar o'tkazdi va murabbiyning maqtovlariga loyiq o'yin ko'rsatdi:
"U 18 yoshda va chap qanot ximoyasida ajoyib o'yinlar o'tkazmoqda. Men uni o'ng qanot va markaziy ximoyadagi harakatlarini ko'rgandim, biroq uning chap qanotda o'ynashini istayman".
*
Keyinchalik Rojers "Liverpul" dan ishdan olindi, Gomez esa Qozog'iston yoshlariga qarshi o'yinda jiddiy jaroxat oldi.
Gomez mavsum oxirigacha safdan chiqdi, "Liverpul"ga yangi murabbiy Yurgen Klopp olib kelindi. Yurgen Jozefning ahvolidan tiklanish bosqichlaridan muntazam xabardor bo'lib turdi. Jozefning o'zi va fizioterapevti bilan muntazam aloqada bo'lib turdi.
Klopp Gomezni Angliya kelishidan oldin ham bilardi. U "Borussiya"da ishlab yurgan vaqtlarda "Borussiya Dordmund" vakillaridan Gomezni xarid qilishni so'ragan, lekin kurashda "Liverpul"ga yutqizishgandi.
Gomez jaroxat sabab butun mavsumni o'tkazib yubordi va yozgi yig'inlarga kelib qo'shildi. Mashg'ulotlar paytida o'ng oyoq paylarini shikastlab oldi va davolanish, o'z formasini tiklab olish uchun uzoq muddat ketdi.
*

Yurgen Kloppning ishonchi
2017-18 mavsum boshida Gomez 2 yil ichida 7 ta o'yin o'tkazgan, ulardan birortasini Klopp qo'l ostida o'tkazmagan 20 yoshga kirgandi. U 2 yilini lazaretda o'tkazishga majbur bo'lgandi.
Lekin, Klopp Gomezga ishondi va unga asosiy tarkibdan, jaroxatlangan Klayn o'rniga o'ng qanot ximoyasida joy berdi. Yosh ximoyachi yangi joyga sekin moslasha boshladi va deyarli qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi. Yaxshigina tezlik, futbol intellekti va texnika Gomezni qanotda foydali futbolchiga aylantirdi.
Bir necha yillar oldin "Charlton"dagi Gomezning murabbiylaridan biri Jeyson Euell:
"U doim markaziy ximoyada o'ynashni xohlardi, lekin uning jismoniy ko'rsatkichlari qanot ximoyasiga ko'proq mos kelardi. Turli xil nuqtalarda o'ynashi uni yanada kuchliroq qilgandi".

" Men ximoyaning turli joylarida o'ynashim mumkin, biroq men o'zimni markaziy ximoyada yaxshi xis qilaman" - Jozef Gomez.

2018-19 yilgi mavsum oldidan ingliz OAV "Liverpul" yangi ximoyachi sotib olishi kerakligi haqida yozishardi. Ragnar Klavanning sotib yuborilishi bu xabarlarni yanada kuchaytirib yuborgandi. Lekin, Klopp boshqa chiziqlarni kuchaytirishga qaror qildi va Gomezni markaziy ximoyaga qaytardi. O'ng qanotda Trent Aleksandr-Arnold va jaroxatdan qutulib formani tiklayotgan Klaynga qoldirildi.
Kloppning so'zlariga ko'ra Gomez "Liverpul"ga juda mos tushadi: "Men bu yozda yangi mazkaziy ximoyachi sotib olmoqchi emasman, Gomezning o'yini bizga transfer bozorida topilmaydigan narsani beradi".
Gomez bu mavsum asosiy tarkibda markaziy ximoyada o'yinkar o'tkazmoqda. Transfer oynasi yopilishi bilan, Deyan Lovrenning jaroxati mavjudligi ma'lum bo'ldi. Matipning esa kichikroq jaroxati mavjud edi. "Liverpul" mavsumni markaziy ximoyada Van Deyk-Gomez juftligi bilan boshladi. 7 ta o'yinda keyin 3 ta gol o'tkazib yuborib bu borada APL da eng kam ko'rsatkichni qayd etishmoqda. Albatta bu borada yangi darvozabon Alissonning ham xizmatlari katta.
*

Virjil ajoyib ustoz va sherik
Virjil Van Deyk Jozefga ustozlik qilayapti deyish mumkin. Ularning birga mashg'ulot qilayotganliklarini, avtobusda ham birga o'tirishganlarini tez-tez uchratish mumkin. O'tgan mavsum Gomez o'ng qanot ximoyasida o'ynagan payti Van Deyk unga o'yin paytida ham unga qo'llari bilan ximoyada qaysi nuqtani egallashni, kimlarni yopishni, qaysi paytda hujumga qo'shilishni tushuntirib turadi.

" Men uchun Van Deyk menga ustozlik qiladigan futbolchi. U juda tajribali va sifatli futbolchi, u menga rivojlanishimda,o'sishimda yordam beryapti."- Jozef Gomez.

Gomez zamonaviy ximoyachilar uchun kerakli bo'lgan barcha xislatlarga ega. U bosh bilan yaxshi o'ynaydi va yetarlicha jismoniy tayyorgarlikka ega. U yuqori tezlikka ham ega( masalan, Kristal Pelasga qarshi o'yinda bir necha bor Uilfrid Zaha bilan teng teng kurash olib bordi).
Himoyachilar tezligi hozirgi yuqori chiziqda ximoyalanadigan "Liverpul" uchun juda muhim, chunki ximoyachilar va darvoza chizig'i orasida katta masofa ochiq qoladi. To'p yo'qotilgan payt, markaziy ximoyachilar tezligi juda muhim bo'lib qoladi. Gomez bunday vaziyatlarda juda yaxshi harakat qila olishini ko'rsata oldi.

"Jozef universal futbolchi, u ximoyaning barcha nuqtalarida o'ynay oladi. Sautgeytning 3 ta markaziy ximoyachidan iborat sxemasiga ham juda mos tushadi. Gomezni hattoki Garri Nevill ham maqtab o'tdi. "Liverpul" futbolchilarining Nevilldan maqtov eshitishlari juda qiyin:
"Gomez mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Van Deyk bilan ikkisi ajoyib tandem hosil qilgan. Sautgeytning tizimida Gomez ideal darajada o'yin o'tkazishi mumkin.
Qanot himoyasidagi tajriba Gomezga jamoa hujumga o'tgan payt o'zini yaxshi his qilishga imkon beradi. Chuqur ximoyaladigan jamoalarga qarshi o'yinlarda markaziy himoyachilardan bittasi biroz oldinroqqa o'tib pozitsion hujum tashkil qilishda qatnashadi va bu rolni ham Gomez qoyilmaqom tarzda uddalay olmoqda.

Gomezning yana bir ustun jihatlaridan biri maydonni ko'ra olish va birinchi pasni aniq bera olishidir. Van Deyk diagonal uzun paslarni ko'proq amalga oshirib hujum boshlashga harakat qilsa, Gomez ko'proq markaz orqali qisqa paslar bilan hujumni boshlab beradi. Yana bir jihat esa bosim ostida xato qilmasdan chiqa olish. "Liverpul" bu mavsum bir necha bor, ximoyachilar to'p bilan muomala qilib turgan payt kuchli bosim qiladigan hujumchilarga ega jamoalar bilan o'ynadi. Gomez pressingdan chiqish va to'pni yo'qotmasdan uni jamoadoshlari aniq yetkazib bera olishini ko'rsata oldi. Bosim ostidan osongina chiqib keta oldi. Gomezni eng yaxshi markaziy ximoyachi deya olmaymiz, APL ning o'zida Gomezdan yaxshi 5-10 ta markaziy ximoyachilar mavjud. Biroq, Gomez hali bor yo'g'i 21 yoshda va katta klubda o'ynamoqda. Masuliyatni his qikgan holda o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda.
Gomezning yagona kamchiligi bu uning o'zi ishonmasligi. Uning xatolarining asosiy qismini ximoyada noto'g'ri pozitsiya tanlashi va kutilmagan qarorlar qabul qila olmasligi. Bular albatta tajribalar davomida to'plana boradi. Muhimi Jozef Angliyaning eng yaxshi ximoyachisi bo'lish uchun deyarli barcha xislatlarga ega.
Klopp hozirdanoq Gomezning klubga qanchalik zarurligi tushuntirishga harakat qilmoqda:
" Biz uning yana 15 yil klubda qolishini xohlaymiz. Shunga umid qilamiz. Bu bu yerda juda juda uzoq vaqt qolishini xohlardik".

Jozef uchun ideal jamoa
Uch yil avval Gomez ko'plab grand jamoalardan takliflar olgandi. Biroq aynan "Liverpul"ni tanlagandi va jaroxat sabab 2 yilni o'tkazib yubordi.
Shunga qaramay, murabbiy yosh futbolchiga ishondi va uni Angliya terma jamoasida o'ynash darajasigacha olib chiqa oldi. O'ylashimizcha, Gomez to'g'ri tanlovni amalga oshirgan. Gomez uchun,
Van Deyk - ideal ximoyadagi sherik, Klopp - ideal murabbiy va "Liverpul" -ideal jamoa.

Internet ma'lumotlari asosida Sardor Ollamberganov tayyorladi
Teglar : Gomez | Mulohaza | Klopp
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Doktor_Haus
Ko`rildi: 869 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 48
» Foydalanuvchilar: 10
» Mexmonlar: 38

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog