Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Mendi va De Bryuyne "Liverpul"ga qarshi o‘ynashi mumkin

20 okt 2018, 21:06
Xabaringiz bor, yakshanba kuni APLning 8-turidan o‘rin olgan "Liverpul" va "Manchester Siti" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bahs oldidan "shaharliklar"ning ikki yetakchi futbolchilari Benjamin Mendi va Kevin De Bryuyne mashg‘ulotlarga qaytdilar. Jamoa ustozi Xosep Gvardiola ularning "Liverpul" bilan bahsda ishtirok etishi mumkinligiga ishora qildi.

Aytib o‘tish joizki, belgiyalik futbolchi joriy mavsum atigi bir marta maydonga tushdi. Ammo shunga qaramay u jarohatidan kutilganidan ancha tez forig‘ bo‘ldi. Mendi esa so‘nggi 3 hafta mobaynida maydonga tushmay kelayotgan edi. Shuningdek, Ilkay Gyundoganning ham uchrashuvda paydo bo‘lishi gumonligi aytildi.

Ma’lumot uchun, mavsumning eng muhim o‘yinlaridan biri bo‘lmish ushbu bellashuv 7-oktabr kuni soat 20:30da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirgan.
Teglar : Manchester Siti | |
Manba : Manchester Evening News
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 405 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 19
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 18

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog