Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Prevyu. Gegenpressing Tiki-takaga qarshi

17 okt 2018, 15:10
Bugungi kunning muhim to'qnashuvi haqida...

"Liverpul" – "Manchester Siti"
Stadion: "Enfild Road" (Liverpul)
Boshlanish vaqti: 18:30
Bosh hakam: Martin Atkinson

Bugun Tumanli albionning eng kuchli ikki jamoalaridan bo'lgan - "Liverpul" va "Manchester Siti" o'zaro to'qnash keladi. Tomonlar shu kungacha APLda bir xil ochko jamg'arishgan va mag'lubiyatga uchrashmagan. Demak, bugungi bahsning qadri ikki karra baland desak xato bo'lmas. Agarda uchrashuvda durang qayd etiladigan bo'lsa, boshqa jamoa turnir jadvalining birinchi pog'onasiga chiqib olishi hech gap emas.
*

"Manchester Siti" ko'plab statistikalarni yaxshilash borasida birinchi jamoalardan. Pep boshchiligidagi klub to'pni ushlab turish borasida eng yaxshi natijaga ega - 67,3 foiz. Hammadan ko'proq zarba bergan - bir o'yinga o'rtacha 24 zarbadan. Barchadan ko'proq aniq paslar berishgan - 90,4 foiz. "Shaharliklar" aslida barcha o'yinlarda g'olibga aylangan bo'lishi kerak edi. Ammo jamoa "Vulverxempton"ga qarshi bahsda durang o'ynab qo'ydi. Ayni damda "Siti"da ikki yo'qotish bor: Fabian Delf va Ilkay Gyundogan. De Bryuyne esa mashg'ulotlarga qaytgan. Belgiyalik bugunoq maydonga qaytishi ham mumkin. Hozirda Mendi va Gvardiola o'rtasida kichik munozara yuzaga kelganini hisobga olsak, uning o'yinga tushishi so'roq ostida turibdi.
*

Tarkib borasida "Liverpul"ning holati yaxshi. Biroq "qizillar" muxlislari so'nggi paytlarda natija borasida norozi bo'lishmoqda. Klopp jamoasi so'nggi uch o'yinda g'alabaga erisha olmadi. Achinarlisi, "Napoli"ga qarshi "Liverpul" o'zining eng yomon o'yinini ko'rsatdi. Ammo bubilan jamoa inqiroz ko'chasiga kirib qolgan debaytib bo'lmaydi.
*

• APL tashkil etilganidan buyon jamoalar o'zaro 42 uchrashuvda qatnashishgan. Shularning 19tasida "qizillar", 8tasida esa"shaharliklar"ning ustunligi kuzatilgan. 15 o'yinda esa g'olib aniqlanmagan. O'tgan mavsumda "Enfild"da bo'lgan o'yinda 4:3 hisobi qayd etilgandi.

• Umumiy hisoblaganda jamoalar o'zaro 182 marta to'qnash kelishgan. Shularning 90tasida "Liverpul", 45tasida "Siti" g'alaba qozongan. 47 uchrashuvda durang kuzatilgan.

• Gollar urish bo'yicha hisob - 324:239.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.
Teglar : Prevyular | |
Manba : championat.asia
Qo`shdi: AlexOxChamberlain
Ko`rildi: 379 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 51
» Foydalanuvchilar: 12
» Mexmonlar: 39

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog